• Diskontirlash
  • Dispersiya
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet23/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Diffuziya - bu qachonlardir o‘zlashtirilgan va foydalanilgan innovatsiyalardan yangicha sharoitda yoki yangi qo‘llash joylarida foydalanilishni bildiradi.
    Diler - bu tovarlarni, qimmatli qog‘ozlarni, valyutalarni oldi-sotdi bitimlarida ishtirok etuvchi vositachi (yuridik yoki jismoniy) shaxsdir. Diler-daromadlari tovarlarni, qimmatli qog‘ozlarni, valyutalarni sotib olish hamda ularni sotish narxi o‘rtasidagi farqdan vujudga keladi. Marketingda diler taqsimot kanallarining zvenosi sifatida ko‘riladi.
    Diskont - 1) vasiqa hisobi; 2) hisob foizi - vasiqa hisobida banklarga to‘lanadigan foiz; 3) birja va valyuta ishlarida - tovar katiral bahosidan ustama (masalan, agar tovar sifati standartdan past bo‘lsa) valyuta.
    Diskontirlash - qiymatlarii (daromadni, xarajatni, kapitalni) boshlangich yilga yoki oxirgi yilga keltirish.
    Diskretsion fiskal siyosat – bu milliy ishlab chiqarish real hajmini o‘zgartirish, bandlik darajasini ushlab turish va inflyasiya ustidan nazorat o‘rnatish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqlar bilan birga, davlat xarajatlarini ongli ravishda manipulyatsiya qilish tushuniladi. 2. Milliy ishlab chiqarish hajmiga, bandlikka, inflyatsiyaga ta’sir etish maqsadida, davlat tomonidan ongli ravishda soliq solish va davlat xarajatlarini tartibga solish tushuniladi, tanazzul sharoitida unga muvofiq davlat sarflari oshiriladi, soliqlarning pasayishi bilan qo‘shib olib boriladi, natijada kamomadni moliyalashtirishga, ishlab chiqarishning o‘sishiga olib keladi. Inflyatsiya sharoitida diskretsion siyosat davlat sarflarini kamaytirish, soliqlar miqdorini oshirish, davlat sarflarini qisqartirish bilan soliq miqdorini oshirishni qo‘shib olib borishni nazarda tutadi. Bu esa davlat byudjetining ijobiy saldoga ega bo‘lishiga olib keldi. Real hayotda, iqtisodiyotda har xil omillar harakat qiladi. Shuning uchun muvofiq fiskal siyosatni ishlab chiqish juda qiyindir.
    Dispersiya - kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning o‘rtacha kvadratik chetlanishi.
    Distribyuter – o‘z nomidan va o‘z mablag‘i hisobiga tovarlarni xarid qilib, sotuvchi vositachi. Mollarni ulgurji sotib oladi va chakana savdo firmalari, do‘konlarga sotadi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.