|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 15/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKBozor muvozanati – bozorda taklif miqdorining talab miqdoriga teng bo‘lgan hol; taklif chizig‘i va talab chizig‘i kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi.
Bozor narxi - bu analogik (o‘xshash, bir xil) tovarlar va xizmatlarning bozorda sizning asosiy raqobatchilarnigiz tomonidan taklif yetilayotgan o‘rtacha narxidir.
Bozor obyekti - bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
Bozor sardori (lideri) - bu tarmoqdagi eng yuqori bozor hissasiga ega bo‘lgan korxonalardir. Bunday korxonalar, asosan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda, narxlarni o‘zgartirish soxasida, turli taqsimot tizimlaridan foydalanishda va marketing kompleksining boshqa elementlari bo‘yicha ham yetakchilik qiladilar.
Bozor segmentatsiyasi - bu bozorni aniq xaridorlar guruxiga bo‘lishdir. Bozorlar xaridorlar yig‘indisidan tashkil topadi, xaridorlar esa bir-biridan turli xil parametrlari bilan farq qiladi. Ularni ehtiyojlari, daromadlari, geografik holatlari, xulq-atvorlari, demografik holatlari va psixografik printsiplari har xil bo‘ladi.chiqarishni ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori, qapital bozori, hamda xom-ashyo va materiallar bozorini qamrab oladi;
Bozor segmenti - taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing kompleksiga bir xilda munosabatda buluvchi istemolchilar guruxi majmui.
Bozor sig‘imi – ma’lum bozorda ma’lum muddatda to‘lovga qodir mol taklifi va chakana narx darajasi hisobga olingan holda sotilishi mumkin bo‘lgan mol miqdori. Bozor sig‘imini aniqlashda biror tovarga mo‘ljallangan aholining xarid quvvati, korxonalarning aynan shu molni sotib olish ehtiyoji hisobga olinadi.
Bozor subyekti - bozoming, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.
Bozorni pozitsiyalash - bu maqsadli bozorlarni tanlash bo‘yicha marketing faoliyatini yo’nalishi bo‘lib, u orqali marketing kompleksining barcha elementlari tahlil qilinib va alohida ajratib olingan bozor segmentlarida mahsulotni shunday parametrlari aniqlanadiki, ular orqali bozorda raqobatbardoshlik holatiga erishiladi. Korxona imkoniyatlarini hisob-kitobi va tahlili unga mahsulotni shunday tavsifnomasini hamda marketing kompleksi elementlarini ajratib olishga yordam beradiki, u esa uning mahsulotini raqobatchi korxonalar mahsulotlaridan afzal (uchun) bo‘lishga olib keladi.
|
| |