|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 16/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKBozorni segmentlash - bozorni xar biri uchun aloxida tovarlar yoki marketing kompleksi talab kilinishi mumkin bo‘lgan xaridorlarning aniq guruxlariga bo‘lish, taqsimlash.
Bozorni tadqiq etish - muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini (ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potentsial istemolchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish.
Bozorning raqobatchilik xaritasi - 1) raqobatchilarini bozorda egallab turgan o‘rniga ko‘ra tasniflash; 2) bozorda raqobatchining o‘rnini nazorat qilish imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida raqobatchilarning o‘rnini talil qilish natijasida aniqlanadi.
Bozorning sig‘imi - yil davomida unda sotiladigan tovarlarning hajmi (fizik o‘lchovda yoki qiymat ko‘rinishida) bilan o‘lchanadi.
Brending - marketing kommuniqatsiyalari tizimining firma tili va uning elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o‘ziga xos imidjini yaratish soxasi
Broker - xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida kelishuv tuzilishidagi savdo vositachilari. Brokerlar tovarlar va xizmatlarning ma’lum bir turi bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘lib, mijozlar topshirig‘i va nomidan harakat qilib, ulardan rag‘batlantirishlar oladi.
Brutto (ital. brutto-sopol) - tovarlarning idishi yoki o‘rovi bilan birgalikdagi og‘irligi. Tovarlarning bunday og‘irligi ba’zi hollarda zarur bo‘lsada, lekin tovarning sof og‘irligi haqida aniq ma’lumot berolmaydi. Buning uchun tovarning sof og‘irligi (netto)ni aniqlash lozim.
Buxgalter - buxgalteriya hisobi bo‘yicha mutaxassis, «buxgalter» so‘zi birinchi marta XIX asrda paydo bo‘lgan. Buxgalter mutaxassisligiga birinchi marta «Insbrug» hisob palatasi ish yurituvchisi Kristofor Shtexer ega bo‘lgan. Umuman, buxgalter ma’lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan xodim hisoblanadi. Buxgalter aniq bir ish va ma’lum xo‘jalik faoliyatining hisobi va nazoratini olib boradi. Lavozimi va bajarayotgan ishiga ko‘ra, buxgalter katta va bosh buxgalter bo‘lishi mumkin. Katta buxgalter buxgalteriyaning bir bo‘limini boshqarsa, bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriyasi faoliyatini boshqaradi.
Buxgalteriya - buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va olib boruvchi apparat. Buxgalteriya mustaqil bo‘lim bo‘lib, korxonaning boshqa bo‘limlari tarkibiga kirmaydi. Buxgalteriyani bosh buxgalter, agar bosh buxgalter lavozimi belgilanmagan bo‘lsa, katta buxgalter boshqaradi.
|
| |