|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 14/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKBoshharuv axboroti - biror ob`ekt to‘g‘risida va unda bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risidagi ma`lumotlar.
Bоylik – bоzоr qiymаtigа egа vа pulgа yoki bоshqа nе’mаtlаrgа аlmаshinishi mumkin bo’lgаn bаrchа nаrsа. Fizik аktivlаr, mоliyaviy аktivlаr, ko’nikmаlаr, tаdbirkоrlik mаlаkаsi, sаvdо mаrkаlаri хullаs dаrоmаd kеltirаdigаn bаrchа nаrsаlаr.
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida ro‘y beradigan munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor - talab va taklif uchrashadigan joy, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga mos kelish darajasi aniqlanadi, mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi.
Bozor bo‘shlig‘i - bu bozorning kichik segmentlari bo‘lib, u yerda ayrim konkret korxonalar faoliyat olib boradalar, chunki bu segmentlarni boshqa raqobatchi korxonalar payqamaydilar yoki bilsalar ham o‘zlari uchun foydali deb hisoblamaydilar. Bu bo‘shliqni segment ichidagi segment ham deyish mumkin.
Bozor hissasi - bu korxona mahsulotining umumiy sotuv hajmini, aynan shu bozorda harakat qilayotgan boshqa barcha korxonalarning, xuddi shunday (aynan bir xil) mahsulotlari umumiy sotuv hajmi yig‘indisiga nisbati bilan o‘lchanadi. Bozor hissasi korxonani bozorda olib borayotgan raqobat kurashiga baho berishda asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Korxonani bozordagi hissasi o‘sib borgani sari, uni raqobat kurashidagi mavqei ham ortib boradi.
Bozor infratuzilmasi - ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
Bozor iqtisodiyoti - xususiy mulk ustunligiga asoslangan hamda iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan iqtisodiyotdir.
Bozor islohotlai – bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakillantirishga qaratilgan chora- tadbirlar majmuidir.
Bozor kapitalizatsiyasi - birjada qimmatli qog‘ozlami sotib olish uchun talab etiluvchi kapital. Bitta aksiyaning kapitalizatsiya daijasi va butun bir aksionerlik kompaniyasining kapitalizatsiyasi farqlanadi.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining amal qilishning tartibga solishda va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishdagi qo‘llanadigan dastak va vositalar ya’ni muruvatlar to‘plamidir.
|
| |