|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 9/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKAyriboshlash - biron - bir shaxsdan o‘ziga kerakli bo‘lgan ob’ektni olish uchun, uning evaziga biron-bir narsani taklif etish akti (harakati).
B
Baho – tovar qiymatining pul ko‘rinishida ifodalanishi. Tovarning bahosini belgilash uchun asos ushbu tovarning ishlab chiqarish tannarxi hisoblanadi. Tovarning bahosi qiymatdan farq qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho tovar uchun talab va taklifdan kelib chiqib belgilanadi.
Baholar indeksi – tovarlar va xizmatlar, yoki aktivlar o‘rtacha bahosining o‘zgarishi ko‘rsatkichi. Baholar indeksi bozor savati deb yuritiladigan ma’lum to‘plamdagi tovarlar va xizmatlarning joriy yildagi baholari yig‘indisini basis yildagi baholari yig‘indisiga bo’lib topiladi.
Balans - biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yuli bilan tavsiflanuvchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.
Balansdagi schetlar - buxgalteriya kыrsatkichlari balansida aks ettiriladigan buxgalteriya schetlaridir. Bunda balans moddasi nomi balansdagi schetlar nomi bilan mos kelishi shart degan ma’no kelib chiqadi. Birgina balans schetining ko‘rsatkichi balans moddalarining bir nechtasida aks ettirilishi mumkin.
Balansdan tashqari schetlar - shunday schetlarki, ularning qoldiqlari buxgalteriya balansida aks ettirilmaydi. Bu schetlar boshqa korxonalarga tegishli va korxonada mavjud bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni vaqtincha hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Balansdan tashqari schetlarda hisob oddiy, ya’ni ikki yoqlama yozuvsiz amalga oshiriladi. Bu schetlar o‘zaro, hamda balans schetlari bilan ham korrespondensiyaga kirishmaydi.
Bandlik - mehnat layoqatiga ega boigan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilaming ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul boiishlaridir.
Bandlik siyosati – bu jamiyat va uning har bir a’zosining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi chora tadbirlar yig’indisidir.
|
| |