|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 6/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKAsosiy ish haqi – ishchi va xizmatchilarning ishlagan vaqti uchun to‘lanadigan haq.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari - mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat vositalari (binolar, inshootlar, qurilma va asbob -uskunalar, tranosport vositalari va hokazo). Ular uzoq muddat xizmat ko‘rsatib, ishlab chiqarish jarayonida o‘zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o‘z qiymatini eskirish mobaynida asa-sekinlik bilan tayyor mahsulotga o‘tkazadi. Kapital qo‘yilmalar hisobiga to‘ldiriladi.
Asosiy kapital - ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) boiib-boiib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.
Asosiy kapitalning iste’moli - asosiy kapital qiymatining jismoniy va ma’naviy eskirishi natijasida kamayishi. Uning hajmi asosiy kapitalning yoshini va hozirgi tiklashdagi qimmatini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
Asosiy mehnat haqi - bu ishchi va xizmatchilarning ishlagan vaqti uchun yoki bajargan ishlarining miqdori va sifati uchun hisoblanadigan to‘lovlardir.
Asosiy moliya strategiyasi – korxona faoliyatini aniqlovchi budjetning hamma darajasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari. Korxona daromadlarini tashkil etib, uni sarfl ashga, ehtiyojlik miqdori va bir yilda moliyalashtirish manbalariga aytiladi.
Asosiy narx – mahsulot yoki xizmat birligi uchun ishlab chiqaruvchi oladigan narx. lshlab chiqaruvchi tovar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish uchun alohida qo‘shadigan sarfl ar asosiy narx tarkibiga kiritilmaydi.
Asosiy schetlar – bu xo‘jalik yurituvchi subekt qanday mablag‘larga yega va ular qanday manbalardan tashkil topganligi hamda hisob-kitob munosabatlari haqidagi ma’lumotlar bilan korxonalarni ta’minlovchi schetdir.
Asosiy vositalar - ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga taalluqli mehnat vositalari (binolar, imoratlar, mashinalar, dastgoщlar va h.k.o) Buxgalteriya hisobida asosiy vositalar guruhlarga ajratiladi va hisob olib boriladi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida ko‘p davr mobaynida ishtirok etib, (bir necha ishlab chiqarish bosqichida) o‘zining dastlabki ko‘rinishi va shaklini o‘zgartirmaydi va qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazadi.
|
| |