|
Aksilinflyatsiya yoki inflyatsiyaga qarshi siyosat
|
bet | 3/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKAksilinflyatsiya yoki inflyatsiyaga qarshi siyosat – bu narxlar umumiy darajasini barqaror darajada saqlash, inflyatsiyani yumshatishga qaratilgan hukumat amalga oshiradigan chora-tadbirlaridir.
Aksionerlik jamiyati - ishchi kuchi, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larine birlashtirishning o ‘ziga xos shakli.
Aksiya - aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi, aksiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog’oz.
Aksiya kursi – qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarning sotilgan bahosidir.
Aksiyadorlar - aksiyadorlik jamiyatining a’zosi bo‘lib, bunga bir yoki bir necha aksiyalarni sotib olish orqali erishadi. Aksiyadorlarning huquq va burchlari mavjud. Uning huquqlariga quyidagilar kiradi: umumiy yig‘ilishlarda qatnashish, aksiyadorlik jamiyati rahbariyatini saqlash va saqlanish, dividend ko‘rinishida jamiyat foydasidan olish, aksiyadorlik jamiyati tugatilsa, aksiya qiymati hajmida mulkning bir qismini olish. Aksiyadorlar burchi - aksiya qiymati hajmida o‘zining hissasini jamiyat kapitaliga qo‘shishidir.
Aksiyadorlik jamiyati – korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib, jamiyat ixtiyoridagi mulki, boyligiga asoslanib faoliyat yuritadi. Aksiyadorlik jamiyati sarmoyasi jamiyat a’zolarining qo‘shgan pul mablag‘i yoki moddiy ne’matidan tashkil topadi.
Aksiyadorlik kapitali - aksiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali, uning hajmi Nizomda belgilab beriladi. Qarzga olingan mablag’lar va aksiya chiqarish hisobiga shakllantiriladi.
Aksiyaning nazorat paketi – biron shaxsga aksiyadorlar jamiyati faoliyati ustidan nazorat qilishni ta’minlaydigan aksiyalar hissasi. Odatda bunday holat aksiyalar miqdorining yarmidan ko‘pi yoki katta qismi bir qo‘lda to‘planganda amalga oshadi.
Aksiz – ommaviy iste’molga xos bo‘lgan oziq-ovqat mollariga hamda nooziq-ovqat mollariga qo‘yiladigan egri soliq. Ushbu soliq davlatga shunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan to‘lanadi hamda narxning oshirilishi bilan aholi gardaniga yuklatiladi.
|
| |