|
Аktivlаr – iqtisоdiy fаоliyat sub’еktlаrining pul vа mоliyaviy mаblаg’lаri, аsоsiy vа аylаnmа fоndlаrining qiymаti.
Aktiv
|
bet | 4/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKАktivlаr – iqtisоdiy fаоliyat sub’еktlаrining pul vа mоliyaviy mаblаg’lаri, аsоsiy vа аylаnmа fоndlаrining qiymаti.
Aktiv - buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, ma’lum bir muddatga sub’ekt mablag‘larining tarkibi va joylanishini pul ko‘rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari balansning passiv qismi ham mavjud bo‘lib, aktiv va passiv tomonlar bo‘lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo‘lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag‘larning manbalari balansning passiv tomonida joylashgan.
Aktiv schet - bu schet, aktivlarni qayd qilish uchun mo‘ljallangan schet bo‘lib, iqtisodiy resurslar qoldig‘i va kopayishi schetning debetida, kamayishi yesa kreditida aks yettiriladi.
Aktiv to‘lov balansi – to‘lov balansida tushumlar summasi to‘lovlar summasidan ortiq bo‘ladi.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishligi prinsipi - bu aktivlar va majburiyatlarning asosiy baholanishi ularning tannarxi yoki sotib olingan qiymati bo‘lishligidir.
Almashtirish samarasi - ish haqini ortishi natijasida bo‘sh vaqtning qisqarishi.
Almashuv qiymati - bu biror turdagi tovaming boshqa turdagi tovarga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbat.
Almashtirish samarasi – ish haqining ortishi natijasida bo‘sh vaqtning qisqarishi.
Aloqa dekloratsiyasi - xorijga jo‘natilayotgan pulli yoki qimmatli paketlarga ularning mazmuni va qiymati aks ettirilib biriktiriladigan aloqa hujjati;
Alternativ xarajatlar (opportunity cost) - tanlashda voz kechilgan eng yaxshi alternativ variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Alternativ qiymatni foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror ne’mat qiymatini voz kechilgan boshqa bir nechta ne’mat qiymati bilan ifodalanishi.
Alternativ qiymat (foydalanilmagan imkoniyat deb ham qaraladi) – biror ne`mat qiymatini voz kechilgan boshqa bir nechta ne`mat qiymati bilan ifodalanishi.
Amortizatsiya – 1) eskirishning qiymatdagi ifodasi bo‘lib, asosiy vosita aktivining butun xizmati davomida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga qo‘shiladigan amortizatsiya qiymatini tizimli ko‘rinishda taqsimlash; 2) asosiy fondlar qiymatini asta sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o‘tkazilishi; mablag‘larning maqsadli ravishda jamg‘arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini qoplashga ishlatilishi. 1. Mashina, asbob-uskuna, bino va shu kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish; ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shib borish. 2. Alohida shaxs yoki tashkilotning o‘z qarzini astasekin, darajama-daraja to‘lash majburiyatidan qutulish. 3.Qarz majburiyatining yo‘qotilishi, o‘chirilishi oqibatida uning bekor qilinganligini tan olish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аktivlаr – iqtisоdiy fаоliyat sub’еktlаrining pul vа mоliyaviy mаblаg’lаri, аsоsiy vа аylаnmа fоndlаrining qiymаti.
Aktiv
|