• Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni
  • Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari




    Download 3.07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/185
    Sana02.04.2022
    Hajmi3.07 Mb.
    #19223
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   185
    Bog'liq
    metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari
    1-Mavzu Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqi, 1 MAVZU; Узбекистоннинг энг янги тарихи, VTT Lab 5 Uzb (1) NARGIZA, VTT Lab 3 Uzb ( NARGIZA
     
     
    2009 yil 23 aprelda “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston 
    Respublikasining qonuni qabul qilindi. Bu qonun 3 – bob va shu boblarga 
    kiruvchi 28 – moddadan iborat. 
    Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir 
    majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni 
    tartibga solishdan iborat. 
    Qonunda texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari alohida 
    belgilab berilgan (4 – modda). Unga ko‘ra, texnik jihatdan tartibga solishning 
    asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    - inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol 
    – mulki xavfsizligini ta’minlash; 
    - atrof - muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona 
    foydalanilishini ta’minlash; 
    - savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish; 
    - mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni 
    chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.
    Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari ham 
    ko‘rsatib o‘tilgan (5 – modda). 
    Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
    - texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi; 
    - texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi;
    - texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va 
    xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi
    - texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish 
    tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi. 
    Bundan tashqari qonunda texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (6 – 
    modda) ham ko‘rsatib o‘tilgan. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini 
    quyidagilar tashkil etadi: 


    21 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
    texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari – 
    O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, 
    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi 
    Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni 
    muhofaza qilish davlat qumitasi; 
    texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni 
    amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari. 
    Qonunning 2 – bobi “Davlat organlarining va boshqa organlar hamda
    tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari” deb 
    nomlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (7 – modda), O‘zbekiston 
    standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan 
    tartibga solish sohasidagi vakolatlari (8 – modda), O‘zbekiston Respublikasi 
    Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va 
    qurilish qumitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
    qumitasining texnik jihatdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
    vakolatlari (9 – modda) , Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik 
    jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (10 – modda) ko‘rsatib o‘tilgan. 

    Download 3.07 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   185




    Download 3.07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari

    Download 3.07 Mb.
    Pdf ko'rish