Qadimiy, quo’hna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari




Download 3.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/185
Sana02.04.2022
Hajmi3.07 Mb.
#19223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   185
Bog'liq
metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari
1-Mavzu Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqi, 1 MAVZU; Узбекистоннинг энг янги тарихи, VTT Lab 5 Uzb (1) NARGIZA, VTT Lab 3 Uzb ( NARGIZA
2.Qadimiy, quo’hna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari 
Eng qadimgi o‘lchash birliklari – antropometrik, ya’ni insonning 
muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib 
chiqqanligi haqida yuqorida ma’lumotlar berib o‘tilgan edi.
Ko‘pchilik xalqlarda, shu jumladan bizning xalqimizda ham uzunlik 
o‘lchovi sifatida inson tanasining biron qismiga moslikka asoslangan o‘lchash 
birliklari qo‘llanilgan. Masalan, barmoq, gaz, tutam, qarich, quloch, fut, dyum 
kabilar. 
Quyida ayrim birliklarning ta’rifini keltirib o‘tamiz: 
Barmoq – o‘rta barmoqning eniga mos uzunlikdir (ba’zida angusht deb 
ham yuritiladi).
Gaz deb ataluvchi uzunlik birligi uch usulda aniqlangan: 
1) uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan qo‘l yelkasigacha bo‘lgan 
masofa; 
2) yon tomomnga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ko‘krak 
o‘rtasigacha yoxud burun uchigacha bo‘lgan masofa; 
3) yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ikkinchi 
yelkagacha bo‘lgan masofa. 
Dyum – golland tilida katta barmoq degan ma’noni anglatadi, bu birlik 
asosan Rossiya, G‘arb mamlakatlarida ishlatilgan. 
Milya – lotin tilida ming qadam degan ma’noni bildiradi, bu birlik Rossiya, 
Angliya, AQSh mamlakatlarida, xalqaro dengizchilik ishlarida qo‘llanilgan. 
Farsax – yo‘l uzunligini o‘lchashda Sharq mamlakatlarida, xususan O‘rta 
Osiyoda keng qo‘llanilgan birlik (ba’zida farsangsangtosh deb ham yuritilgan) 
Tanob – ekin maydonlarini o‘lchashda O‘rta Osiyoda keng qo‘llanilgan, 
tomonlarining uzunligi 60 gazdan bo‘lgan kvadratning yo’ziga teng. 


11 
Barrel – asosan xalqaro savdo ishlarida neft mahsulotlarining hajmini 
o‘lchashda qo‘llanilgan. Barrel so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, bochka degan 
ma’noni bildiradi. 
Suv sarfini o‘lchashda qo‘llaniladigan o‘lchov va o‘lchash birliklari o‘ziga 
xos nomlanishga ega. Masalan, «quloq» (11,5 l/s), «tegirmon» (1 T = 5 quloq = 
57 – 58 l/s) singari o‘lchash birliklari bunga misol bo‘la oladi. 
Massani o‘lchash uchun bir narsaning massasi ikkinchi narsaning massasi 
bilan solishtirilgan, bunda asosan don (ARPA (0,041 g), bug‘doy, nuxot (0,18 – 
0,20 g) va meva (danak, yong‘oq va h.k.) donalaridan foydalanilgan (batafsilroq 
ma’lumotlar quyida berilgan 1 – , 2 – , 3 – va4 – jadvallarda keltirilgan). 
1 – jadval 

Download 3.07 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   185




Download 3.07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qadimiy, quo’hna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari

Download 3.07 Mb.
Pdf ko'rish