• Nazorat uchun savollar
  • SANOAT ROBOTI VA UNING TUZILMASI




    Download 6,71 Mb.
    bet3/64
    Sana21.09.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #271854
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
    Bog'liq
    robototexnika ma\'ruza matni toyyorlash

    SANOAT ROBOTI VA UNING TUZILMASI
    Hozirgi vaqtgacha sanoat robotining umumiy qabul qilingan ta’rifi yo‘q. Turli mamlakatlarda sanoat robotining har xil ta’riflari taklif qilingan.
    Sanoat roboti deb, ishlab chiqarish jarayonida harakat va boshqarav funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan bir necha harakatlanish darajasiga ega bo‘lgan manipulyator ko‘rini shidagi ijro qurilmasidan hamda qayta dasturlanuvchi boshqarish qurilmasidan tashkil topgan, odam harakatiga o‘xshash harakatlarni amalga oshiruvchi avtomatik mashinaga aytiladi.
    Sanoat robotining tuzilma sxemasi 1.2-chizmada kelirilgan. Ishchi organli manipulyator (M) va harakatlanish qurilmasi (HQ) sanoat robotining ijro qurilmasini tashkil etadi va ular sanoat robotining barcha harakat funksiyalarini amalga oshiradi. Manipulyatorning ishchi qurilmasi va ishchi organlari ijro dvigatellaridan, uzatish mexanizmlaridan, korreksiyalovchi zve- nolardan va datchiklardan tashkil topadi va manipulyatorning yuritma qurilmalari deb ataladi.
    Yuritmalarning boshqarish qurilmasi (YBQ) boshqaruv qu- rilmasining signallarini o‘zgartiradi va elektromagnit klapanlar, membranali kuchaytirgichlar va boshqalar ko‘rinishida bo‘ladi.
    Sanoat robotining harakatlanish qurilmasi ijro qurilmasining tashkiliy qismi bo‘lib, manipulyator yoki robotning umuman harakatlanishini amalga oshiradi.
    Sanoat robotining boshqarish qurilmasi (BQ) boshqarish programmasi asosida ijro qurilmasiga boshqaruvchi ta’sirlarni shakllantirish va berishga xizmat qiladi.
    Sanoat robotining manipulyatori deb, yuritmalardan, ularni boshqaradigan boshqarish tizimidan tashkil topgan ijro quril masiga aytiladi.
    Sanoat robotining kerakli barcha harakat funksiyalarini bajaruvchi qurilmaga ijro qurilmasi deb aytiladi. Manipulyator umuman ko‘p zvenoli ko‘rinishdagi ishchi qu ril malardan (IQ), ishchi organdan (IO), har bir zvenoning yuritmasidan tashkil topadi. Har bir yuritma o‘z boshqarish konturiga ega.

    Nazorat uchun savollar
    1.“Robototеxnika asoslari” fanini o’qitishdan maqsad va fanning vazifalari?
    2.Avtomatlashtirish jarayonarining tеxnik taraqqiyot?
    3.Robotlarining paydo bo’lishi va rivojanish tarixi, mazkur fanni o’qitishda fanlararo va ta'lim turlari o’rtasidagi bеvosita aloqalar?



    Download 6,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 6,71 Mb.