• “Men” konsepsiyasi
  • Davlat talablarining maqsadi
  • Termiz Davlat Universiteti Talabasi Fayzullayeva Surayyoning




    Download 127.42 Kb.
    Sana22.04.2024
    Hajmi127.42 Kb.
    #204288
    Bog'liq
    Fayzullayeva Surayyo O\'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo\'yiladigan davlat talablari


    Termiz Davlat Universiteti
    Talabasi Fayzullayeva Surayyoning
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    Mustaqil ish mavzusi:
    O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari

    1-bob. Umumiy qoidalar 1. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llaniladi: davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari; maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari. 2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.


    1

    2-bob. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari 3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon; rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar; rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar; kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo‘nalishini ko‘rsatib beradi;


    2

    kutilayotgan natijabolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi; bola kompetensiyasi — ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari; integratsiya — bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik; inklyuziv ta’lim — bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon; “Men” konsepsiyasi — bolani o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi; refleksiv faoliyat — bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.


    3

    4. Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir. 5. Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish; ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;


    4

    kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash. 6. Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi: bolaning noyobligi; “Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli; bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi; bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.


    5

    3-bob. Davlat talablarining tarkibi 7. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi. Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat. 8. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonini rivojlanishi; ijodiy rivojlanish.


    6

    9. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: yirik motorika; mayda motorika; sensomotorika; sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik. 10. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: “Men” konsepsiyasi; hissiyotlar va ularni boshqarish; ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot. 11. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: nutq va til;


    7
    Download 127.42 Kb.




    Download 127.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz Davlat Universiteti Talabasi Fayzullayeva Surayyoning

    Download 127.42 Kb.