|
AGROSANOAT ISHLAB CNIQARISHI (ingl. agro-industrial production)
|
bet | 14/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AGROSANOAT ISHLAB CNIQARISHI (ingl. agro-industrial production) — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini qayta ishlash va tayyor mahsulotni realizatsiya qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi va tayyor mahsulotni ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyati yig‘indisi.
AGROSANOAT KOMPLEKSI (ASK) – qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste‘molchiga yetkazib berish bilan band bo‘lgan xalq xo‘jalik tarmoqlarining hajmi. ASK tarkibiga quyidagi sohalar kiradi: 1. Qishloq xo‘jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish; 2. Qishloq xo‘jaligining o‘zi; 3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va iste‘molchiga yetkazib berish; 4. Ishlab chiqarish infratuzilmasi va ijtimoiy infratuzilma.
AGROSANOAT MAJMUASI - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar yaxlitligi.
AHOLI DAROMADLARI - 1) aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklida olgan daromadlari miqdoridan iborat. A.d.ga ish haqi, tadbirkor daromadi, pansiya, nafaqa, stipandiya, kapitaldan olinadigan foyda, puldan olingan foiz, davidand, ranta, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotini, hunarmandchilik buyumlarini sotish va har xil xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlardir; 2) A.d. - ishchi va xizmatchilarning davlat korxonalari muassasalari, tashkilotlari va boshqa har xil mulk shaklidagi korxonalardan, dehqon va ishchilarning qishloq xo‘jalik korxonalari hamda o‘z shaxsiy tomorqasidan oladigan ish haqlari, pul va moddiy daromadlari, pensiyalar, stipendiyalar, jamg‘arma bankiga qo‘yilgan pullardan keladigan daromadlar, har xil imtiyozlar va mukofotlardan iborat bo‘ladi; 3) A.d. - aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori; 4) A.d. - muayyan jamiyatdagi taqsimot qonunlari va axloq meyorlari asosida va ularga zid usullar bilan vujudga keladigan jamiyat a’zolarining yalpi ichki mahsulotdagi hissalari; 5) A.d.- bu alohida shaxs yoki oila (uy xo‘jaligi) tomonidan turli manbalardan ma’lum davr mobaynida olinadigan va iste’mol, jamg‘arma, turli yig‘in va soliqlarga sarflanadigan pul va natural tushumlar majmuidir; 6) A.d. - ma’lum davr davomida aholining olgan barcha pul va natural daromadlari yig‘indisi.
|
| |