|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 2/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)So‘z boshi
Mamlakatda jamiyat a’zolarining farovon hayot kechirishlari va komil inson bo‘lib yetishishlari, jamiyat va shaxs manfaatlarining uyg‘unlashuviga erishish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim berish saviyasini muttasil takomillashtirib borishni ham taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi iqtisodchilar oldiga ham bir qancha muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Muammolar yechimining murakkabligi va bozor munosabatlariga o‘tilishi bir qancha iqtisodiyotga oid asosiy lug‘atlarga izoh berishni talab etmoqda. Bu esa hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida bo‘layotgan o‘zgarishlar, globallashuv va intagratsiyalashish jarayonlarining tazlashishi, xalqaro raqobatning kuchayishi, texnologiyalardagi uzluksiz va muhim sifat o‘zgarishlarining yuz barishi, sotish bozorlari va iste’molchilar talablarining tarkibiy o‘zgarishlari, har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan raqobatbardosh mahsulot yaratish, ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlarni kaskin kamaytirish va boshqaruvda bozor talablarini hisobga olgan holda optimal qaror qabul qilishni talab qilmoqda. Shu bilan birgalikda mamlakat iqtisodiy tizimi faoliyatini bozor talablari asosida tubdan o‘zgartirish, boshqarishning zamonaviy va istiqbolli shakllarini joriy etish hamda modernizatsiyalash, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunning asosiy talabi ekanligini inobatga olgan holda iqtisodiyotga oid lug`atlarning xorijiy tillarda o‘z holicha (tarjima va izohsiz) kundalik hayotimizga kirib kelayotganligini uning mazmun mohiyatini tushunishni qiyinlashtirishi tabiiydir.
Zero hayotimizning biror bir sohasi iqtisodiyotchalik keng ommaning diqqat markazida turmaydi va qiziqish uyg‘otmaydi. Bu albatta tabiiy hol, hozirgi bozor iqtisodiyoti, unda sodir bo‘layotgan munosabatlar faqat iqtisodiy jarayon bo‘lib qolmasdan, ayni vaqtda u hayotiy voqelikdir. Uning ijtimoiy ahamiyatini, tarbiyaviy jihatlarini ham unutmaslik lozim. Xalqimiz ham ana shunday taraqqiyot yo‘lini tanladi undan dadil odimlamoqda. Bu xalqaro tahlilchilar tomonidan taraqqiyotning “O‘zbek modeli” deb e’tirof etilmoqda. Ta’kidlash joizki, bu iqtisodiyotning tarkibiy qismlari asosida inson manfaatlariga xizmat qilish yotadi. Uning maqsadi iqtisodiyotning ijtimoiy jihatlarini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste’molchi talablariga bo‘ysundirish, mo‘l-ko`lchilik orqali aholi farovonligiga erishish, mamlakatda erkin tadbirkorlik muhitini yaratish orqali xalqimizga azaldan xos bo‘lgan mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tejamkorlik, vaqtning qadr qimmatiga yetish kabi hislatlarni yanada qaytadan shakllantirishdan iborat.
O‘zbekistonda jamiyat a’zolarining farovon hayot kechirishlari va komil inson bo‘lib yetishishlari, jamiyat va shaxs manfaatlarining uyg‘unlashuviga erishish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim berish saviyasini muttasil takomillashtirib borishni ham taqozo etadi.
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish jarayonida bu borada talay ishlar amalga oshirildi. Oliy o‘quv yurtlariga test asosida o‘qishga qabul qilish, talabalar bilimlarini reyting asosida baholashga o‘tilishi fikrimizga dalil bo‘ladi. Umuman ta’lim tizimi murakkab va muntazam takomillashtirib borishni taqozo etadigan jarayon. Mashg‘ulotlar jarayonida mavzularning eng muhim, eng asosiy jihatlariga e’tibor berish bilan birga tayanch iboralarga ham e’tiborning qaratilishi talabalarning mavzularni to‘laroq va mukammalroq o‘zlashtirishlariga olib kelmoqda.
Zamon talablaridan kelib chiqib, ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda talabalarni darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘laroq ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiyotga oid ko‘pgina darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, uslubiy ko‘rsatmalar yaratildi. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma o`z holatining so`zsizligiga talabgor emasligi hamda iqtisodiy lug`at va tushunchalar o`z ichiga to`laligicha qamrab olmagan bo`lsada talabalarga bilim berish jarayonini takomillashtirishda iqtisodiyotga oid asosiy lug`atlarning ham o‘ziga yarasha o‘rni bor. Mamlakatimizda yaratilgan mavjud lug‘atlar barcha iqtisod fanlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Sizning e’tiboringizga havola etilayotgan mazkur iqtisodiyotga oid izohli lug`at va tushunchalar respublikamizdagi yetuk iqtisodchi olimlari, xususan, i.f.d., prof. Sh.Sh.Shodmonov, i.f.d., prof. A.V.Vaxabov, i.f.d., prof. A.O’lmasov, i.f.d., prof. A.V.Vaxabov, i.f.d., prof. B.Ruzmetov, i.f.d., prof. R.X.Ergashev, i.f.d., prof. O.H.Hamroyev, i.f.d., prof. T.T.Jo’raev, i.f.d., prof. A.Omonov, i.f.n., dots. P.Z.Xoshimov, i.f.n., dots. A.Mamanazarovlar tomonidan yaratilgan kitoblarning mavzulari, asosiy tayanch iboralariga berilgan izohlar va boshqa manbalar asosida tuzildi.
Iqtisodiyotga oid zohli lug`at va tushunchalar asosan iqtisodiyotni o‘rganayotgan oliy o‘quv yurti bakalavrlari va magistrlariga, shuningdek, iqtisod fanlarini o‘rganayotgan maktab, akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarining o‘quvchilari, iqtisodiy fanlaridan dars berayotgan o‘qituvchilar hamda iqtisodiyot, moliya, bank, bojxona, sug‘urta tizimlari xodimlari va boshqa iqtisodiyot sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan korxona, tashkilot va muassasalar xodimlariga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu qo‘llanmadan keng ko‘lamda tadbirkorlar va oila a`zolari ham foydalanishlari mumkin.
Mazkur qo‘llanma keng ommaga mo’ljallanganligini e’tiborga olib, imkon qadar soddaroq qilib tayyorlandi. Qo’llanmadagi ayrim lug’at va tushunchalar to’laligicha yoki yetarli darajada talqin etilmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ushbu qo‘llanmaning mazmuni to‘g‘risida bildirilgan har qanday xolisona taklif, fikr va mulohozalarni mualliflar bajonidil qabul qiladi.
A
A (Buyuk Britaniyadagi xaridorlar, ijtimoiy- iqtisodiy guruhlar ehtiyojlari va talablari identifikatsiyasi) — o‘z iste’molchilari yuksak maqomini tasdiqlovchi oliy sifatli mahsulotlar va xizmatlar, masalan, investitsiyalar, xususiy maktablar, dabdabali ekskursiyalar va qimmat turadigan sayohatlar, besh yulduzli otellar va dengiz kruizlari, qimmat turadigan ko‘ngilochar ermaklar, metsenatlik, kolleksionerlik yoki antikvariat singari noziktab qiziqishlar.
|
| |