• AB OVO
  • ABDIKATSIYA (lot.)
  • ABOLITSIONIZM (ing, lot.)
  • ABONEMENT (fr.)
  • AA — Buyuk Britaniya reklama agentliklari assotsiatsiyasini ifodalash uchun umum qabul qilingan abbreviatura. AAA




    Download 0,64 Mb.
    bet3/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AA — Buyuk Britaniya reklama agentliklari assotsiatsiyasini ifodalash uchun umum qabul qilingan abbreviatura.
    AAA — Amerika Qo‘shma Shtatlari reklama agentliklari assotsiatsiyasi.
    A KONTO (ital.) – 1) eksportyor bilan dastlabki hisob-kitob qilishni eksportyor hisoblari asosida importyor tomonidan amalga oshiriladigan to‘lov; 2) chetdan mahsulot keltiruvchining chetga mahsulot chiqaruvchi bilan uning sotilgan mahsulotlar uchun bergan to‘lovnomalarini to‘lash shaklida hisob-kitob qilishi.
    AB OVO - muvaffaqiyatsiz o‘tgan savdo mavsumidan keyingi birja faoliyati boshlanganligi haqida guvohlik beruvchi ibora.
    ABANDON (fr.) – yuk va kema egasining sug‘urta qiluvchi foydasiga sug‘urta qilingan mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqidan voz kechishi, bunda sug‘urta qiluvchi sug‘urta qildiruvchiga to‘la sug‘urta summasini to‘lash majburiyatini oladi.
    ABDIKATSIYA (lot.) – o‘z vakolatini gardanidan soqit qilish; vazifadan, huquqdan voz kechish; taxtdan voz kechish.
    ABEKOR (ing.) – (Yevropa assotsiatsiyalashgan korporatsiya banklari) kapitalistik dunyoda eng yirik ko‘p millatli bank guruhi. 1971-yilda G‘arbiy Yevropa banklari raqobatliligini mustahkamlash uchun tuzilgan.
    ABOLITSIONIZM (ing, lot.) - qandaydir qonunni bekor qilishga erishgan jamoatchilik harakati. Masalan, AQShda XVIII-XIX asrlarda qonunlashgan negrlar qulligini bekor qilish harakati.
    ABOLITSIYA (lot.) – 1. Qonun, qaror, shartnomani bekor qilish; 2. Vazifani bekor qilish; 3. Aybi hali yuridik jihatdan o‘rganilmagan bosqichda jinoiy ishni to‘xtatish; 4. Or-nomusni tiklash, tuxmatni rasmiy rad etish.
    ABONEMENT (fr.) – muayyan vaqt davomida biror narsadan (telefon, tomoshaxonadagi o‘rin, shahar transporti, kutubxona va h.k.) ko‘pincha avval haq to‘lash yo‘li bilan foydalanish huquqini beruvchi hujjat.
    ABROGATSIYA (lot.) – foydasizligi yoki vaqt ruhi va didiga zid bo‘lgan eski qonunni bekor qilish, A. yangi qonun deb e`lon qilinadi. A. quyidagicha farqlanadi. A.ning o‘zi eski qonunni yangisi bilan to‘liq almashtirish; derogatsiya – eski qonunni qisman bekor qilish; abrogatsiya – eski qonunga zarur o‘zgarishlar kiritish va subrogatsiya – eski qonunni to‘ldirish.

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AA — Buyuk Britaniya reklama agentliklari assotsiatsiyasini ifodalash uchun umum qabul qilingan abbreviatura. AAA

    Download 0,64 Mb.