• AGENT (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet9/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AFRIKA RIVOJLANISH BANKI (AFRB) — xalqaro regional bank. Afrika uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy komissiyasi yordamida 23 Afrika davlatlari tomonidan AFRB tuzish to‘g‘risida 1963 yilda bitim imzolangan, 1964 yilda kuchga kirgan. AFRB 1966 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirgi vaqtda 50 Afrika davlati (Janubiy Afrika Respublikasidan tashqari) uning a’zolari hisoblanadi, uning yana 26 noregional a’zolari mavjud. 1983 yilgacha AFRB faqat Afrika tashkiloti sifatida faoliyat qilgan, ammo resurslar yetishmasligi sababli bankka uchdan bir qismidan ko‘p bo‘lmagan o‘lchov kapitalga va shuncha ovozlar soniga ega bo‘lgan nokontinental a’zolarga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Har bir a’zo - mamlakat 625 asosiy ovozga va bank kapitalidagi bitta aksiyaga bittadan ovoz hisobidan qo‘shimcha ovozga ega. Bankning maqsadi regional rivojlanish dasturini moliyalash yo‘li bilan Afrika mamlakatlari - a’zolarining iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam qilishdan iboratdir. Kreditlar faqat Afrika kontinentlari mamlakatlariga jo‘natiladi, kreditlarning uchdan ikki qismi Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisobidagi kambag‘al mamlakatlarga jo‘natiladi. Kreditlarning katta qismi infratuzilma va transportni rivojlantirish loyihalarini moliyalashga foydalaniladi. Bank prezidenti faqat afrikalik bo‘lishi kerak.
    AGENT (lot.) 1) – boshqa shaxs hisobidan va uning manfaatlari yo‘lida yuridik xatti – harakatlarni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Agent va boshqalar o‘rtasidagi munosabatlar maxsus shartnomaga muvofiq tartibga solinadi. Moliya bozorida agent vazifasini fond birjalaridagi brokerlar amalga oshiradi; 2) tashkilot, muassasa va h.k.ning ma’lum vazifani bajarish uchun tayinlangan vakili; 3) topshiriqqa binoan va boshqa shaxslarning manfaatini ko‘zlab olingan vakolat doirasida savdoda, kemasozlikda va boshqa sohalarda faoliyat qiluvchi ishonchli shaxs (yuridik yoki jismoniy). Vakolatlar bir martalik xususiyatga ega bo‘lishi mumkin yoki agentlik shartnomasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Ma’lum mukofot xizmatlar taqdim etiladi. Mukofot hajmi agent va prinsipal (boshliq) o‘rtasidagi bitim bo‘yicha belgilanadi (eng yuqori belgilangan narxlar sotilgan mahsulotning qiymatiga qarab 2 foizdan 10 foizgacha bo‘ladi).

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.