• AGRAR SIYOSAT
  • AGREMAN (fr.)
  • AGRESSIV PORTFEL
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet12/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AGRAR MUNOSABATLAR – 1) yer bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlardir; 2) yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar; 3) A.m. - yarga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlardan iborat; 4) A.m. - yerga ega bo‘lish va yerdan foydalanish xarakteri bilan belgilanadigan qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish munosabatlari jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi muqarrar ravishda ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarining, shu bilan bir qatorda A.m. o‘zgarishiga olib keladi; 5) A.m. - iqtisodiy resurs sifatida yerga egalik qilish va undan foydalanish borasidagi kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar. Bunday munosabatlarning ob’ekti yer, sub’ekti esa unga egalik qiluvchi yer egalari, ijarachi sohibkorlar, yollanma ishchilar, davlat va hokazolar.
    AGRAR SIYOSAT – davlatning qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyati bo‘lib, u qishloq xo‘jaligini, yer mulkchiligini va hokazolarni rivojlantirish yo‘llari masalalarni hal qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosatning bir turi.
    AGREGIRLASH (lot. Agregi-rovanie) – qandaydir belgi bo‘yicha birlashma, guruhlarga ko‘rsatkichlarni yaxlitlash. Matematik modellashtirish, prognozlash, rejalashtirish, hisob-kitobda keng qo‘llaniladi. Uning teskarisini esa dezagregirovanie deyiladi.
    AGREMAN (fr.) – xalqaro huquqda davlatning ma`lum shaxsni boshqa davlatning diplomatik vakili sifatida qabul qilishga oldindan bildirgan roziligi. A. olish mavjud shaxsni diplomatik vakil boshlig‘i etib tayinlash imkonini taqozo etadi.
    AGRESSIV AKTIVLAR — bahosi sezilarli darajada o‘zgarib turadigan aktivlardir.
    AGRESSIV INVESTOR (fr, lot.) – yuqori dividend olish niyatida tavakkalchilikka borishga tayyor turgan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oluvchi. Odatda A. u. aksiyalarni sotib oladi.
    AGRESSIV PORTFEL – to‘liq sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho qog‘ozlar hamda ularni chiqarish portfeli, ular qiymati tezroq o‘sadi degan ehtimol ham mavjud. A.n. eng yuqori daromad olib keladigan qimmatbaho qog‘ozlar o‘zgarishi beruvchilardan farq qiladi. (obligatsiya, prefaksiya). Uning teskarisi “himoya portfelli” deyiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.