• AHOLINING TURMUSH DARAJASI
  • AHOLINING TURMUSH SHAROITLARI
  • AHOLINING YILLIK O‘SISH SUR’ATI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet20/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AHOLINING TABAQALANISHI - davlat (umumxalq) mulkchiligiga va jamiyat a’zolarining nisbatan iqtisodiy tengligiga asoslangan rejali iqtisoddan farqli ravishda boshqa iqtisodlarda aholi daromad manbalari, me’yorlari, turmush sharoitlari va turmush darajasiga nisbatan tabaqalashgan bo‘ladi. Bunday jamiyatlarda aholi boylar, o‘rta hollar, kambag‘allar va qashshoqlarga bo‘linadi. Aholining bunday tabaqalanishi turli sabablar natijasida, jumladan mehnat qila olish qobiliyatlari, ehtiyojlari, kapitalga qay miqdorda egalik qilishlari, davlatning sotsial siyosati va hokazolar natijasida vujudga keladi.
    AHOLINING TURMUSH DARAJASI – 1) turmush sharoitlariga bog‘liq bo‘lib, bir tomondan, aholi ehtiyojlarining o‘sishi darajasini va ikkinchi tomondan, shu ehtiyojlarning qondirilishi darajasini ifodalaydi. U real daromadlar va iste’mol darajasi, real bo‘sh vaqt ko‘lami va aholining jismoniy va aqliy kamoloti bilan ifodalanadi; 2) A.t.d. – bu aholi farovonligi, ne’matlar va xizmatlar iste’molning darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar majmuidir.
    AHOLINING TURMUSH SHAROITLARI - jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotining muayyan darajasida shakllangan kishilar hayotiy ehtiyojlari va hayotlari me’yorida kechishini ta’minlovchi ob’ektiv reallik. Turmush sharoitlari tabiiy- iqlimiy yoki atrof muhit, ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat va ijtimoiy-siyosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi.
    AHOLINING YILLIK O‘SISH SUR’ATI — ko‘rsatilgan davrda aholining har yilgi o‘rtacha eksponensial o‘sish sur’atlariga taalluqlidir. AJIO (ital.) – 1) belgilangan valuta turiga yoki qimatbaho qog‘ozlar bahosiga qo‘shimcha pul; 2) qimatbaho qog‘ozlar birja (bozor) kursining, boshqa mulklarining yoki qog‘oz pullarining ularning qiymatiga qaraganda oshishi. Odatda, foiz hisobida nominal qiymat yoki bahoga qo‘shiladi. Ajioning teskarisi dizajio deyiladi; 3) qog‘oz pullarni tangaga ayriboshlash yoki “bequvvat” valutani “kuchlisiga” ayriboshlash uchun undirib olinadigan vositachilik haqi; 4) valuta kurslari o‘rtasidagi farq; 5) naqd mahsulot narxi bilan muddatga tuzilgan birja bitimida ko‘rsatilgan mahsulot narxi o‘rtasidagi farq; 6) turli muddatlarda yetkazib beriladigan mahsulotlar narxlari o‘rtasidagi farq.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.