|
AKKREDITIV BO‘YICHA HUJJATNI AVIZOLASHTIRISH
|
bet | 23/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKKREDITIV BO‘YICHA HUJJATNI AVIZOLASHTIRISH — bank emitenti tomonidan o‘z ijrochisi nomiga akkreditiv olganligini aloqa vositalari (pochta, telegraf) orqali rasmiy xabar berishi tushuniladi.
AKKREDITIV HISOB-KITOBLAR SHAKLI – boshqa shahardagi hisob-kitoblarda to‘lovlarni amalga oshirish usuli. Akkreditiv sotib oluvchi bankning mahsulot yetkazib beruvchining boshqa shahardagi bankiga sotib oluvchining akkreditiv arizasida ko‘zda tutilgan shartga ko‘ra mahsulot yetkazib beruvchining hisobiga yuborilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun topshirig‘i. To‘lov mahsulot yetkazib beruvchining turar joyi bo‘yicha moddiy boyliklarni jo‘natgandan keyin amalga oshiriladi va shu maqsad uchun bronlangan vositalar bilan kafolatlanadi. Bunday summalar to‘lovchining o‘z mablag‘laridan yoki kredit hisobidan ruxsat berilmaydi. Tomonlar munosabatlari regulyar xarakterga ega bo‘lmagan yoki mahsulot yetkazib beruvchining tartibga aniq rioya qilmaydigan to‘lovchiga jarima solingan holatlardagina ishlatiladi. Bank muassasasi yukni jo‘natganligi tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lgandagina olingan akkreditiv asosida qo‘yilgan hisoblarni to‘laydi. Akkreditiv pochta va telegraf bo‘yicha belgilangan minimumdan kam bo‘lmagan summada ochilishi mumkin. U cheklangan vaqt davomida (misol uchun 15 kun) faqat bitta mahsulot yetkazib beruvchi bilan hisob- kitob qilish uchun mo‘ljallangan.
AKKREDITIVLASH — turli shaharlarda joylashgan korxonalar o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun maxsus bank hisobvarag‘ini ochish. Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli tomonlar o‘rtasidagi shartnomada maxsus nazarda tutilgan hollarda qo‘llaniladi. Hisob-kitobning akkreditiv shakli qo‘llanilganida to‘lovchi tomon o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka maxsus hisob raqamidagi mablag‘lar hisobidan yuborilgan mahsulot, bajarilgan ish uchun hisob-kitob qilishni topshiradi. Har bir akkreditiv faqat bitta aniq mahsulot yetkazib beruvchi bilan hisob- kitob qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa maqsadlarga sarflanishi, naqd pul shaklida berilishi mumkin emas. Akkreditivning amal qilish muddati, shartlarning o‘zgartirilish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.
AKRONIM — alohida mustaqil so‘z yasash uchun boshqa alohida so‘zlar bosh harflari birikma holiga keltirilishi. Akronimlar initsiallardan alohida so‘z tarzida talaffuz etish mumkinligi bilan farqlanadi. Masalan, NATO akronimi North American Treaty Organization so‘zlari bosh harflaridan yasalgan. Ayrim keng tanilgan logotiplar ham akronim hisoblanadi. Minnesota Mining and Manufacturing Corporation so‘zlaridan yasalgan MMM bunga yorqin misol. Ushbu akronim aytib o‘tilgan kompaniyaning butun marketing kommunikatsiyalarida ishlatiladi.
|
| |