|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 26/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKTIV (FAOL) ASOSIY FONDLAR - kuch baradigan mashinalar va asbob-uskunalar, ish mashinalari, o‘tkazgich jihozlar, o‘lchash va tartibga solish asboblari.
AKTIV HISOB – bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan hisob bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi hisobning debetida, kamayish esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi.
AKTIV INVESTOR — o‘z portfelini mustaqil broker orqali shakllantirib, ularni doimo kuzatib borishi (portfel va brokerni) va o‘zining roziligisiz biron-bir qarorni qabul qilishga ruxsat bermaydigan investordir.
AKTIV KAPITAL — bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish quvvatini aks ettiradi. Ular ikkita bo‘lim – asosiy va aylanma kapital ko‘rinishida buxgalteriya balansi aktivlarida rasmiy taqdim etiladi.
AKTIV POZITSIYA – 1. Birja savdosida to‘plangan yetkazib berish oylari. Aktivlar o‘rtasidagi boshqa oylarda yetkazib berish bitimlari kamdan-kam tuziladi va ularda baholar amalda kotirovka qilinmaydi. 2. “Kollz” – maxsus birja sessiyalari paytida kotirovka qilinadigan yetkazib berish oylari.
AKTIV PUL AYLANISHI – to‘lov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan harakatdagi pul massasidir.
“AKTIV” QIMMATBAHO QOG‘OZLAR – ob`ektni ommaviy oldi-sotdi hisoblangan, kotirovkasi tez-tez e`lon qilib turiladigan qimmatbaho qog‘ozlar.
AKTIV SAVDO (lot, ital.) – savdo va to‘lov balansida daromadlarning xarajatlardan oshib ketishi.
AKTIVLAR (lot.) – 1) mablag‘ yoki tashkilot resurslari: binolar, mashinalar, naqd pullar; 2) A. — xonadon xo‘jaligi egalik qiladigan bank depozitlari, qimmatbaho buyumlar, kvartira, avtomashina, dala hovli, mualliflik huquqi va hokazolardir.
AKTIVLAR MUNOSABATIDAGI PREFERENSIYA (imtiyoz) – imtiyozli aksiyalar egalariga biznes tugagan yoki korporatsiya tarqatilgan holatda kreditorlar da‘volari qondirilgandan keyin o‘z da‘volarini qondirishni talab qilish huquqini beruvchi imtiyoz. AKTIVLARNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH – aktivlar turini o‘zgartirib, ularni ko‘paytirish.
|
| |