|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 34/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKSIONERLAR UMUMIY MAJLISI – 1) qonun, nizom, ichki reglament tomonidan uning kompetensiyasiga kiruvchi masalalarni yechish uchun Aksionerlar yoki ularning ishonchli shaxslari majlisi; 2) aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyadorlik jamiyatini boshqarishning oliy organidir. Jamiyat har yili aksiyadorlarni umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishini) o‘tkazadi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili yakunlanganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning yillik hisoboti va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq boshqa hujjatlar majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yigilishlari navbatdan tashqari yig‘ilish hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va uni o‘tkazish tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) ro‘yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi.
AKSIYA – 1) aksionarlik (hissadorlik) jamiyati tomonidan shu jamiyat kapitaliga o‘z hissasini qo‘shgan paychilarga, ya’ni hissadorlarga bariladigan va ularga jamiyat ishida qatnashish huquqini baradigan hujjat, qimmatbaho qog‘oz. A. turli ko‘rinishda bo‘ladi: “nomli” A. umumiy yig‘ilishda aksionarga ovoz barish huquqini tasdiqlaydi, dividand olish huquqini (kafolatsiz) baradi; “imtiyozli” A. aktsionarga faoliyat natijasidan qat’iy nazar muayyan miqdordagi dividand olish kafolatini baruvchi, lakin aksionarlik jamiyati umumiy yig‘ilishida ovoz barish huquqini barmaydigan aksiya; 2) A. – o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividandlar tarziga olishga, aksiyadorlik jamiyati boshqaruvida boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilgandan kayin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi, amal qilish muddati balgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Boshqacha qilib aytganda, aksiya aksiyadorlik jamiyat chiqargan qimmatbaho (daromad kaltiruvchi) qog‘oz. Aksiya o‘z egalariga, ya’ni aksiyadorlarga hissadorlik jamiyati ixtiyoridagi umumiy mulkdan o‘ziga tagishli ulushiga huquqi borligi to‘g‘risida guvohlik baradi. Aksiyalar egasining nomi yozilgan, imtiyozli va oddiy bo‘lishi mumkin. Aksiyada ko‘rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish daftariga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning sohibi bo‘lishi aksiyador dab e’tirof etiladi. Oddiy (odatdagi) aksiyalar ovoz baruvchi bo‘lib, ularning egalariga dividandlar olish, jamiyatning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini baradi.
Imtiyozli aksiya egalari dividandlarni, shuningdak aksiyadorlik jamiyati tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqiga egadir. Imtiyozli aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko‘rishko‘rmasligidan qa’tiy nazar, muayyan dividandlar olish huquqini baradi; 3) A. (fr.) - Aksioner jamiyatga sotingan kapitalni tasdiqlovchi va uning foydasining bir qismini dividend tarzida olishga kafolat beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Dividend foyda massasiga, uning jamg‘ariluvchi va iste’mol qilinuvchi hissalari o‘rtasidagi proporsiyaga, korporatsiyaning investitsiyaviy siyosatiga va boshqa omillarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Aksiyalarda ifodalangan pul summasi aksiyalarning nominal qiymati deyiladi, bozorda aksiyani sotish bahosi aksiyalar kursi deb ataladi. Aksiyalar kursi u bo‘yicha olinadigan dividendga bevosita, foiz normasiga esa qarama-qarshi bog‘liqlikda bo‘ladi. A. egasi ovoz olish va korporatsiya rahbarligiga saylanish huquqiga ega bo‘ladi, natijada u korporatsiya mulkining birgalikdagi egasiga aylanadi. Korporatsiyalar A. chiqarish bilan moliyaviy qudratga ega bo‘la boshlaydi. Bu esa ularga yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Aksiyalar obligatsiyalar singari yirik xo‘jalik masalalarini hal etish maqsadida bo‘linib qolgan kichik pul mablag‘larini birlashtirish uchun o‘ylab topilgan. Shu bilan bir qatorda aksiyalar egasi nafaqat o‘z kapitalini kuchaytiradi, balki ovoz olish huquqi va Aksionerning boshqa huquqlarini realizatsiya qilish orqali tadbirkorlik va xo‘jalik qobiliyatini namoyon qiladi. A. egasi Aksioner jamiyatni boshqarishda ishtirok etadi. A. sotish va sotib olish ehtimoli qog‘ozlar bozori hisoblangan fond birjasida amalga oshadi. A.har xil turlarda bo‘ladi: oddiy va imtiyozli. Imtiyozli A. egasiga dividend olishga ustun darajada huquq beradi, ammo boshqarish imkonini bermaydi. Oddiy A. dividendlar hajmi o‘tgan yil xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha Aksionerlar yillik umumiy majlisi tomonidan belgilanadi. Har bir oddiy A.ning egasiga Aksionerlar majlisi bir ovoz beradi. Bundan tashqari, nomi yozilgan va ko‘rsatuvchiga atab A. chiqariladi. Xususiy shaxslar nomi yozilgan A. sotib olishlari mumkin, bu mablag‘ manbalarining sofligi nuqtai nazaridan ushbu A. sotish, sotib olish va soliq majburiyatlarini bajarish uchun egasining paketlar hajmini, uning to‘g‘riligini nazorat qilish imkonini beradi.
Yana Aksionerlar majlisida uning egasiga ovoz berish huquqini bermaydigan va bir ovoz berish huquqini beruvchi A. bo‘ladi. Odatdagi yoki birinchi chiqarilgan A. bo‘lib, bular Aksionerlar umumiy majlisida ovoz berish, Aksioner jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va dividendlarni olish (ularni olish kafolatlanmaydi) huquqini beradi. Aksionerga bir qancha ovoz plyurel (“ko‘p ovozli”), kompaniya tomonidan sotib olinadigan, chiqarishga ruxsat berilgan, ammo hali chiqarilmagan kaznachey A. ustiga yozib qo‘yilgan qiymat kabi A. ham faoliyat qiladi. Bundan tashqari, mehnat jamoalari, korxonalar va tashkilotlar, Aksionerlar jamiyati A. ham farq qilinadi; 4) A. – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidagi dividend shaklida daromand olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz; 5) A. Qimmatli qog‘oz turi (fr. action); Aksiya hissadorlik jamiyati sarmoyasiga aksiya egasining ma’lum miqdorda pul qo‘shgani haqida dalolat hamda uning egasiga foydaning bir qismi — “dividend” olish va ishlab chiqarishni boshqarishda qatnashish huquqini beradi. Shuningdek, aksiya egasi hissadorlik jamiyati tugatilganda qoldiq mulkni taqsimlashda ishtirok etadi. Aksiyada qayd etilgan pul miqdori uning nominal qiymati deb ataladi, bozorda sotiladigan narxi esa aksiyaning kursi hisoblanadi; 6) A. egasining hissadorlik kapitaliga qo‘shgan hissasini ifodalaydigan va korxona foydasidan dividend sifatida daromad olish huquqini beradigan qimmatli qog‘oz. Aksiyalarda ifodalangan summa uning nominal qiymatini ifodalaydi. Aksiyaning real qiymati esa uning kursi bozordagi narxi orqali ifodalanadi. Aksiya kursi u keltiradigan dividendga to‘g‘ri va bank foizi normasiga esa teskari proporsional bog‘lanishda bo‘ladi; 7) A. — aksioner jamiyatga unda ko‘rsatilgan miqdorda ulush qo‘shilganligini va uning foydasidan dividend olish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz; 8) A. — o‘z egasiga aksioner jamiyat mulkining bir qismiga egalik qilish, uni boshqarishda qatnashish va aksioner jamiyati foydasida muayyan ulushga ega bo‘lish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozdir.
|
| |