|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 32/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKSIONER KAPITAL – Aksioner jamiyatning asosiy kapitali. Aksiyalar emmisiyasi hisobidan hosil etiladi. Nizom kapitali, obuna (obuna orqali ishga solingan), to‘langan (obuna paytida o‘tkazilgan) kapitallar farqlanadi. Odatda ta‘sischilar kompaniya aktivlari real qiymatidan ancha oshiq summada aksiyalar chiqarish bilan kapitalning ajralishini amalga oshiradi. Oshgan qism firmaning qo‘shimcha kapitalini hosil etuvchi ta‘sis foydasini tashkil etadi. A.k. yanada o‘sishi jamg‘arilgan foydani kapitallashtirish orqali va aksiyalarning yangi emissiyasi hisobidan yuz beradi.
AKSIONER KICHIK KORXONA – birlashmani bildiradi. Uning ta‘sischilari yirik korxonalar, shahar, tuman, ijroiya qo‘mitalari ijtimoiy tashkilotlari, ya‘ni har qanday yuridik va xususiy shaxslar, hattoki chet el davlatlari fuqarosi bo‘lishi mumkin. A.k.k. barcha ishtirokchilari faqat olingan aksiyalarning haqqini to‘liq to‘lagandan keyingina aksiyalarga xo‘jayinlik huquqiga ega bo‘ladilar (korxona egasi huquqiga emas). Shundan keyin korxona mustaqil huquqiy shaxs bo‘lib qoladi, unga tegishli mablag‘lar doirasida to‘liq javobgar hisoblanadi. Aksioner jamiyatning asosiy fondi hajmi aniqlangandan keyin ta‘sischilar uning yopiq yoki ochiq turini hal etishi kerak. Yopiq turida aksiyalar faqat ta‘sischilar o‘rtasida taqsimlanadi. Ochiq turida esa har qanday xohlovchilarga sotiladi. Ochiq jamiyatda aksiyalarning 60 foizdan kam bo‘lmagan qismi ochiq obunaga qo‘yiladi, yopiqda esa aktsiyalarning 50 foizdan kam bo‘lmagan qismi ta‘sis majlisiga qadar to‘lanishi zarur, keyin bank topish va u bilan shartnoma qilish kerak. Faqat shundan keyingina majlis chaqiriladi, jamiyat tuzilgani to‘g‘risida bayonnoma tuziladi, nizom tasdiqlanadi, rahbar organlar saylanadi.
A.k.k. katta istiqbolga ega, ammo odatdagi kichik korxonaga qaraganda kamroq huquqqa ega. Bu unga rivojlanish uchun katta imkoniyat ochadi. Birdaniga yirik masalalarni yechishga kirishish mumkin. Ammo dastlabki kapitalni sarflashga e’tiborni kuchaytirish zarur.
AKSIONER KOMPANIYA – Aksioner kompaniya deb umumiy Aksioner kapitalga pul badallarini bo‘luvchi, uni ma‘lum tadbirkorlik faoliyatida foydalanuvchi hamda foydalarni birgalikda oluvchi va zararlar yukini birgalashib ko‘taruvchi shaxslar birlashmasiga aytiladi.
|
| |