|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 40/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ALEATORLAR OPERATSIYASI (lot.) — qaltis, yutuqqa, omad o`yiniga hisob-kitob qilingan operatsiyalar (misol: lotereya, totalizator). ALIBI (lot.) — ayblanuvchini uning aybsizligini isbotlovchi boshqa joyda, jinoyat yuz bergan joyda topish.
ALIENATSIYA (lot., ing.) — 1) begonalashish, sotish; sotish yoki berish huquqi. 2) mol-mulkni musodara qilish; 3) aksiya, sarmoya yoki boylikning egasini almashtirish; bir shaxsga tegishli mol-mulkni boshqaga o‘tkazish operatsiyasi.
ALL - EXOENSE TOUR – e’lon qilingan qat’iy balgilangan narxli tur, transport (transfar), joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiyalarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha uning analogi - all-inclusive tour, all-in uchraydi.
ALL ORDLNARIES KO‘RSATKICHI – Avstraliyaning Sidney birjasidagi yetakchi ko‘rsatkich.
ALLOGRAF (grek.) — boshqa shaxs uchun qo‘yilgan soxta imzo; soxta qo‘lyozma.
ALLONIYA — vekselga qo‘shib qo‘yilgan qo‘shimcha varaq bo‘lib, unga veksel bo‘yicha huquqlarni o‘tkazish haqidagi yozuvlar kiritiladi (agarda vekselning orqa betiga bu yozuvlar sig‘masa). Birinchi o‘tkazma yozuv vekselda boshlanib, qo‘shimcha varaqa tugashi sharti allonjga avalni ham ifodalashi mumkin.
ALLONJ (frans. – alloge) –1) vekselga ilova qilinadigan qo‘shimcha varaq, topshirish yozuvlari (andossament) uchun mo‘ljallanadi. Allonj vekselni boshqalarga o‘tkazish paytida qimmatli qog‘ozning orqa tomonida yozuvlar uchun joy qolmagan hollarda qo‘shimcha qilinadi.
Allonj shuningdek kafolatli topshiriq yozuvlari (aval) uchun ham ishlatiladi. Bunda veksel bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan allonj ilova qilinadi; 2) agarda veksel blankada ular ortiq joylashtirilmasa o‘tkaziladigan, kafolatli yozuvlar uchun vekselga yopishtirib qo‘yilgan qo‘shimcha varaq A. aval ham amalga oshirish mumkin. A. hozirgi savdo bitimlarida ko‘plab qo‘llar orqali o‘tadi, bunda vekselni o‘tkazish miqdori ancha ko‘p bo‘lishi, ammo barcha nomdagi indossantlarni sig‘dirish uchun vekselning orqa tomonida joy yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatda indossamentlarni ko‘proq joylashtirish uchun vekselga allonj deb ataluvchi yo‘l-yo‘l qog‘oz yopishtiriladi.
ALMASHLAB EKISH – ekinlarni ilmiy asosda navbatlab ekishdir. Bunda almashlab ekish dalalaridagi ekinlar ma’lum davrda yuqori agrotexnika qoidalariga rioya qilingan holda o‘rin almashlab ekiladi.
|
| |