|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 39/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKSIZ SOLIG‘INI TO‘LASH TARTIBI - Import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i tovarlarning bojxona rasmiylashtiruviga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida import qiluvchi tomonidan to‘lanadi.
Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
AKSIZOSTI MAHSULOTLAR — ularga nisbatan aksizlar o‘rnatilgan (belgilangan) mahsulotlar. (Qarang: Aksizlar).
AKTUAR HISOB-KITOBLAR (sug‘urtada) — tarif stavkalarini hisob-kitob qilishning iqtisodiy-matematik metodlari majmui. Sug‘urta fondini vujudga keltirishda (yaratishda) har bir sug‘urtalanuvchining (sug‘urta qiluvchining) ishtirok etish salmog‘ini aniqlab beradi, ya’ni tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq tarif stavkalarining o‘lchamini aniqlaydi. AKTUARIY (lot, ing.) – statistik va matematik metodlardan foydalanish orqali sug‘urta xavfini baholaydigan va sug‘urta mukofotini hisoblaydigan sug‘urta kompaniyasi xodimi.
AKVIZITOR (lot.) – yangi aloqalarni kengaytirish, yangi buyurtmachilar va mijozlarni jalb etish bo‘yicha transport yoki sug‘urta agenti.
AKVIZITSIYA (ingl. acquisition) — 1) transport yoki sug‘urta kompaniyasi xodimi yoki agenti — akvizitor tomonidan yangi mijozlar, yangi yuklar, yangi sug`urtalarning jalb etilishi; 2) birjada — aksiyador yoki aksiyadorlar guruhi tomonidan ana shu korxonaning sotib olinganligini anglatuvchi korxona barcha aksiyalarining sotib olinishi. Bir korxonaning boshqa bir korxona tomonidan sotib olinishi yoki korxonalarning qo‘shilib birlashishi hamma vaqt ham sotib olinayotgan korxona roziligi bilan amalga oshirilavermaydi. Bunga o‘xshash hollarda “dushmanlarcha akvizitsiya” xususida so‘z yuritiladi; 3) birjada kompaniya aksiyalarni uning roziligi yoki roziligisiz sotib olish yo‘li bilan unga egalik qilish.
ALAF PULI — O‘rta Osiyo xonliklarida yaylov, bedazorlardan olinadigan soliq.
ALEATOR BITIMLAR (lot.) — qaltis bitimlar (ayrim birja bitimlari, garov o‘ynash).
|
| |