|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 35/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKSIYA KURSI – 1) qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarning sotiladigan narxi; 2) A.k. qimmatli qog‘ozlar bozorida, ya’ni fond birjalarida sotilayotgan aksiyalarning narxi.
AKSIYADORLAR RO‘YXATI (REESTRI) – ro‘yxatga olingan aksiya egalarining ularga tegishli egasining ismi yozilgan qimmatli qog‘ozlar soni, nominal qiymati va toifasi ko‘rsatilgan har qanday belgilangan sanadagi holatiga ko‘ra tuzilgan hamda bu aksiya egalari, ularga tegishli qimmatbaho qog‘ozlar soni va toifalari aynan to‘g‘riligini aniqlash imkonini beruvchi ro‘yxat. Aksiyalar reestrini yuritish shartlari va tartiblari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
AKSIYALAR - ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘oz.
AKSIYALAR BAHOSI – ko‘pchilik mamlakatlarda aksiya nominal bahosining minimal hajmi ko‘zda tutiladi. Masalan, Avstriyada 100 shilling, Germaniyada 50 marka, Yaponiyada 500 ien va h.k. Angliya va AQShning ko‘plab shtatlarida aksiyalarning minimal bahosi kelishib olinmaydi. A.b. minimali qancha kam bo‘lsa, Aksionerlar sonini ko‘payishi va ozgina kishilar qo‘lida barcha Aksioner kapitalni boshqarishni to‘plash ehtimoli shuncha katta bo‘ladi. Ko‘plab mamlakatlarda korxona ishchilari va xizmatchilari o‘rtasida imtiyozli shart bilan taqsimlash uchun aksiyalar chiqarish amalda qo‘llanilmoqda.
Qimmatbaho qog‘ozlar hisoblangan aksiyalar fond birjalarida hamda birjadan tashqari savdoda sotiladi va sotib olinadi. Shuning uchun ular nominal bahosi belgilangandan tashqari yana jamiyatning foyda hajmiga, dividendiga, aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan bank foiziga, talab va taklifga, jamiyatning moliyaviy ahvoliga, tarmoq va mamlakatdagi ishbilarmonlik aktivligiga bog‘liq bo‘lgan bozor kursiga ham ega bo‘ladi.
AKSIYALAR DEPOSI – aksiyalar saqlanadigan muassasa.
AKSIYALAR DISKONTI – aksiyalar bo‘yicha chegirma.
AKSIYALAR INDEKSLARI — raqam ko‘rsatkichlari bo‘lib, bular birjada kotirovka qilinadigan ayrim aksiyalar kurslarining o‘zgarishi to‘g‘risida axborotni bir butun qilib bog‘laydi va shu bilan ko‘plab ushbu aksiyalar qiymatining o‘zgarishi to‘g‘risidagi prognozni asosli qilib qo‘yadi. Milliy va xalqaro kapital bozorida belgilab qo‘yilgan ko‘plab yangiliklarga A.i. ham tegishli bo‘ladi, ya’ni bozor xususiyatini ifodalovchi yangi ko‘rsatkichlar tashkil topadi. Masalan, nemis bozori uchun DAXindeks kiritilgan (nemischa A.i.) Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan keyingi yangiliklardan biri 1990 yil oktabrida London birjasiga kiritilgan yevrotrakt-indeks hisoblanadi. U Kontinental Yevropaning 100 ta eng muhim aksiyalarini hisobga oladi va nemis markalarida ifodalanadi. Aksiyalar va obligatsiyalar egasi rolida chiqadiganlarni institutsional investor — moliya-kredit institutlari deyiladi.
|
| |