|
AKSIZ SOLIG‘I BO‘YICHA IMTIYOZLAR
|
bet | 38/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKSIZ SOLIG‘I BO‘YICHA IMTIYOZLAR - Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida; davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek grandlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qilishga;
4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
5) vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor- qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
AKSIZ SOLIG‘I TO‘LOVCHI YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR — O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
Oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin.
|
| |