• AKSIYALAR OPSIONI
  • AKSIYALAR QIYMATINING KO‘PAYISHIGA HUQUQLAR
  • AKSIYALARGA (yoki aksiyaga) GUVOHLIK
  • AKSIYALARGA OBUNA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet36/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AKSIYALAR NAZORAT PAKETI — 1) bitta Aksioner qo‘lida to‘plangan (fuqaro, tashkilotlar), unga Aksioner jamiyati faoliyati ustidan haqiqiy nazorat qilishni amalga oshirishga imkoniyat ta’minlovchi aksiyalarning bir qismi. Nazariy jihatdan A.n.p. ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha chiqarilgan aksiyalarning kamida 51 foizini o‘z ichiga olishi kerak. Aksiyalarning Aksionerlar o‘rtasida tarqalib ketganligi, Aksionerlar umumiy majlislarida kichik aksiyalar egalarining qatnashmasligi munosabati bilan Aksioner jamiyat ustidan to‘liq, nazorat qilish uchun aksiyalarning 8 foizidan 20 tasiga ega bo‘lish yetarli hisoblanadi; 2) A.n.p. Hissadorlik faoliyatida to‘liq nazorat o‘rnatish zaruratini ta’minlaydigan aksiyalar ulushi. Shunga ko‘ra hissadorlik jamiyatining to‘la huquqli xo‘jayini bo‘lish uchun aksiyalarning muayyan foiziga ega bo‘lishi lozim.
    AKSIYALAR OPSIONI – moliyaviy bozorga darhol ustama haq to‘lash evaziga chiqarilgan aksiyalarni muayyan muddatga xarid qilish yoki sotish shartnomasi.
    AKSIYALAR PAKETI UCHUN QO‘SHIMCHA - sotib oluvchida korporatsiyadagi hokimiyati o‘sganligi uchun sotuvchi tomonidan aksiyalar paketini oluvchi aksiyalar kursiga qo‘shimcha.
    AKSIYALAR QIYMATINING KO‘PAYISHIGA HUQUQLAR — optsion shakli, bunda korporatsiya menejeriga aksiyalarning bozor qiymati va korporatsiya uning hisobiga ushbu qog‘ozlarni o‘tkazgan baho o‘rtasidagi farqni naqd olish huquqi beriladi.
    AKSIYALAR RAZVERSTKASI — tegishli savollarga javob olinganligi yoki shunday maqsad uchun tuzilgan shartnomalarni bajarganlik sababli Aksioner kompaniyasi aksiyalarini taqsimlash.
    AKSIYALARGA (yoki aksiyaga) GUVOHLIK — aksiya egasiga ko‘rsatilgan aksiyalari yoki Aksioner kapital uchun huquq beruvchi Aksioner jamiyatning muhri bilan biriktirilgan hujjat. Aksiyalar va Aksioner kapital o‘rtasidagi farq quyidagicha: aksiyalar to‘liq berilishi kerak. Aksioner kapital esa qismlarga bo‘linishi mumkin.
    AKSIYALARGA OBUNA — Aksioner jamiyatni ta’sis etish bosqichlaridan biri. Agarda obuna nizomda belgilangan nizom fondi miqdorini qoplamasa, Aksioner jamiyat amalga oshmagan bo‘ladi. A.o. shartnoma hisoblanib, uning doirasidagi obuna bo‘lganlardan har biri Aksioner jamiyatning nizom fondiga o‘zining badali yoki uning qismi sifatida ma’lum summani o‘tkazish majburiyatini oladi. Bu majburiyat har bir obunachi tomonidan Aksioner jamiyat tuzilganiga qadar qabul qilinadi, tuzilishi bilan esa Aksioner jamiyatning o‘zi tomonidan qabul qilinadi. A.o. agarda bu jamiyatni tuzishga olib kelmasa, berilgan pay puli qaytariladi. A.o. yangi tuziladigan Aksioner jamiyatning bir qator Aksionerlarini aniqlaydi. U birlamchi moliya bozorida aksiyalarni joylashtirishni bildiradi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.