• AMERIKA-O‘ZBEKISTON SAVDO PALATASI
  • AMLOKDORXONA
  • AMERIKA MARKETING ASSOTSIATSIYASI (AMA)




    Download 0,64 Mb.
    bet44/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AMERIKA MARKETING ASSOTSIATSIYASI (AMA) - chet el milliy marketing assotsiatsiyalari ichida (50 mingdan oshiq a’zolari bo‘lgan) eng yirigi. 1937 yilda tuzilgan. Asosiy maqsadlari: marketing faoliyati nazariy asoslarini ishlash va amaliyotini umumlashtirish; marketing faoliyati sohasida hamkorlikka yordam qilish va marketolog mutaxassislarning professionallik darajasini oshirish; marketing faoliyatining marketing faoliyatida umum qabul qilingan amal qiluvchi qonunga va normalarga mos kelishini ta’minlash.
    AMERIKA-O‘ZBEKISTON SAVDO PALATASI – bu savdo palatasining asosiy maqsadi savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga Amerika investitsiyalari oqimini ko‘paytirishdan iborat.
    AMLOK — 1. XVI-XX asr boshlariga qadar O‘rta Osiyo xonliklarida mavjud bo‘lgan davlatga qarashli yer egaligi; mulklar, yer-suv, kishi tasarrufidagi narsa va buyumlar amlok deyilgan; 2. Buxoro amirligida soliqni taqsimlash birligi hisoblangan; 3. XVI-XX asr boshlarida Buxoro va Qo‘qon xonliklarida mavjud bo‘lgan yer egaligining bir turi bo‘lib, davlat oldidagi xizmatlari uchun shahzodalar, lashkarboshilar va amaldorlarga in’om qilingan yer-suv amlok deyilgan.
    AMLOKDOR — Buxoro amirligiga qarashli eng kichik bo‘linma – amlokni boshqaruvchi kishi. Amlokdor boy tabaqa vakillaridan bo‘lib, bek tomonidan tayinlangan. Amlokdorga bir necha qishloq qaram bo‘lgan. Amlokdor qo‘lida kotib, mirob, amin, oqsoqollar xizmat qilganlar. Amlokdorlar o‘z yerlarini dehqonlarga ijaraga berganlar. Amlokdorlar xiroj yig‘ish, dehqonlar yetishtirgan hosilni hisobga olish, soliq to‘lamaganlarni jazolash, jarima solish kabi ishlar bilan shug‘ullanganlar.
    AMLOKDORXONA — Buxoro amirligida aholiga amlok solish va uni undirish bilan shug‘ullanuvchi amlokdorning mahkamasi.
    AMORTIZATSION AJRATMA — ishlab chiqarish asosiy vositalari qiymatining mehnat jarayonida yangi yaratilgan mahsulotga ko‘chib o‘tgan qismi.
    AMORTIZATSIYA (yemirilish, eskirish) – 1) asosiy fondlarga kiruvchi ashyolar balans qiymatining jismoniy va ma’naviy eskirib borishi tufayli tayyorlanayotgan mahsulot (bajarilayotgan ish, xizmat qiymatiga o‘tadigan amortizasiya ajratmalari davlat tomonidan belgilangan me’yorlar doirasida ashyoning xizmat muddati davomida ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlari hisobiga o‘tkazib boriladi. Asosiy ishlab chiqarish aktiv fondlari bo‘yicha (mashinalar, uskunalar, transport vositalari) amortizasiya ajratmalari ularning to‘la tiklanishi, qiymatini butunlay o‘tgazguncha bo‘lgan davrga ajratiladi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarini tezkor yangilanishi va texnik taraqqiyotini ta’minlash maqsadida ayrim hollarda asosiy fondlarning aktiv qismini jadallashtirilgan tarzda amortizatsiyalanishi belgilanishi mumkin; 2) A. - Mashina, asbob-uskuna, bino va shu kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish; ularning shu chagirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shib borish; 3) A. alohida shaxsni yoki tashkilotni o‘z qarzini asta-sakin, darajama-daraja to‘lash majburiyatidan qutulish; 4) A. - qarz majburiyatining yo‘qotilishi, o‘chirilishi oqibatida uning bakor qilinganligini tan olish; 5) A. - asosiy fondlar qiymatini maxsus normativlar yordamida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatga asta-sekin o‘tkazilishi, pul mablag‘larining maqsadli jamg‘arilishi va ularni asosiy fondlarning eskirgan qismini qoplash uchun keyinchalik qo‘llanilishiga aytiladi. Amortizatsiya o‘z mohiyatiga ko‘ra asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi va korxonalar xarajatlarida o‘z ifodasini topadi. Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida foydalanishda eskiradi. Natijada ular o‘zining iste’mol qiymatini yo‘qotadi, ularning qiymati esa shunga muvofiq kamayadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilgandan keyin daromadning bir qismi asosiy fondlarni tiklashga tayinlangan maxsus amortizatsiya fondiga o‘tkaziladi. Amortizatsiya to‘g‘ri chiziqli va bir tekis bo‘lishi mumkin. U asosiy fondlarning qiymatiga to‘g‘ri proporsional tarzda hisoblanadi va ularni ekspluatatsiya qilishning barcha belgilangan muddatiga bir tekis taqsimlanadi. Amortizatsiyani kutiladigan o‘rnini qoplash va tiklash uchun pul resurslarini jamg‘arish.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AMERIKA MARKETING ASSOTSIATSIYASI (AMA)

    Download 0,64 Mb.