• AMALGAMATSIYA (fr.)
  • AMBALLAJ (fr.)
  • AMALDAGI FOYDALANUVCHI; HAQIQIY ISTE’MOLCHI (ingl. End user)




    Download 0,64 Mb.
    bet43/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AMALDAGI FOYDALANUVCHI; HAQIQIY ISTE’MOLCHI (ingl. End user) — sotib oluvchi yoki ixtisoslashtiruvchidan farqli o‘laroq mahsulotning amaldagi haqiqiy foydalanuvchisi. Masalan, ijodiy bo‘lim menejeriga bosh direktor ma’qullagan, boshqaruvchi ofisi buyurtma bergan va moliya direktori haqini to‘lagan muayyan kompyuter tizimini tavsiya etishlari yoki maslahat berishlari mumkin. Kompyuter tizimini ijodiy bo‘lim menejeri ish stoliga keltirib berishgach, u kompyuterni yoqqanidan keyin pirovard iste’molchiga aylanadi. Bozorlarning ayrim turlari esa keltirilgan misoldagidek aniq-tiniq va yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. Farmatsevtika bozori ana shunday murakkab hodisalardan biridir.
    AMALGAMATSIYA (fr.) — 1. Korporatsiyalar va h.k. yagona Aksioner kompaniyaga aralashishi, birlashishi va qo‘shilib-chirmashib ketishi; 2. Raqobat kurashi natijasida oldin mustaqil bo‘lgan ikki yoki bir qancha banklarning qo‘shilib ketishi.
    AMANAT (arab.) — shartnomani ta’minlash uchun beriladigan garovga ushlab qolingan kishi. Termin qadimgi Rusda (Alek- sandr Nevskiy amanat bo‘lgan) va ayrim sharq mamlakatlarida foydalanilgan.
    AMANKO – taqchillik, kamomad yoki qarzdorlikni anglatadigan birja istilohi.
    AMAZON BITIMI — Lotin Amerikasi assotsiatsiyasi integratsiyasi doirasidagi subregional savdo-iqtisodiy birlashmasi. 1978 yildagi imzolashga muvofiq tuzilgan va 1980 yilda kuchga kirgan. Amazon hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra uning tarkibiga Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayyan, Kolumbiya, Peru, Surinam va Ekvador kiradi. A.b. tuzishdan maqsad, Amazoniya resurslarini hamkorlikda o‘rganish, o‘zlashtirish, foydalanish va muhofaza qilish, Amazon zonalari rivojlanishi natijalarini region davlatlari o‘rtasida taqsimlash va A.b. mamlakatlari a’zolari o‘rtasidagi integratsiyani tezlashtirish.
    AMBALLAJ (fr.) — qadoqlash bo‘yicha xarajatlar, qadoqlash materiali.
    AMBASSADOR (isp.) — elchi, oliy diplomatik martabaga mos keluvchi unvon. A. termini XIII asrda paydo bo‘lgan.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AMALDAGI FOYDALANUVCHI; HAQIQIY ISTE’MOLCHI (ingl. End user)

    Download 0,64 Mb.