• ALTERNATIV BUYRUQ (fr.)
  • ALTERNATIV XARAJATLAR
  • ALTERNATIV CHEK (fr.)
  • ALYANS (fr.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet42/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ALPARI (italyancha) – 1) qimmatli qog‘oz yoki valyutaning birja kursi bilan nominal qiymatining muvofiq (teng) kelishi; 2) qimmatbaho qog‘ozlar birja, bozor kursining yoki valyutalar bozor kursining ularning nominal qiymati bilan (pariteti) tenglashishi.
    ALTERNAT (fr.) — 1. Qandaydir qonundan navbat bilan foydalanish yoki qandaydir majburiyatlarni navbat bilan bajarish; 2. Xalqaro huquqda — shartnoma qatnashchilari tomonidan shartnoma matniga navbat bilan imzo qo‘yishni tartibga solish tartibi, matndagi shartnoma qiluvchi tomonlarni navbat bilan tilga olish, imzolarning joylashishi, muhrlarning qo‘yilishi va h. k.
    ALTERNATIV BUYRUQ (fr.) — limitlashgan baho bo‘yicha ma’lum qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish buyrug‘i.
    ALTERNATIV QIYMAT (fr.) — o‘sha vaqt yoki o‘sha resurslarni talab qiluvchi qulay alternativ faoliyat turlaridan eng yaxshisi bilan shug‘ullanishda yo‘qotilgan imkoniyat nuqtai nazaridan o‘lchanuvchi tovar ishlab chiqarish yoki xizmatlar qiymati.
    ALTERNATIV XARAJATLAR – resurslardan eng samarali foydalanishdan voz kechish natijasida yo‘qotilgan imkoniyatlar bilan bog‘liq xarajatlar.Yoki iqtisodiy tanlov natijasida eng yaxshi alternativ variantdan olinadigan foydadan voz kechishni aks ettiruvchi xarajatlar.
    ALTERNATIV XARAJATLAR TAMOYILI – noyob resurslardan foydalanish yo‘nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlar solishtiriladi va eng yuqori alternativ xarajatga ega bo‘lgan variant tanlanadi.
    ALTERNATIV CHEK (fr.) — ma’lum shaxs nomiga yozilgan, ammo shu bo‘yicha uni to‘lash har qanday uning ko‘rsatuvchisi uchun amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chek.
    ALTERNATIVA (lot., ing.) — birov- birovini inkor qiluvchi imkoniyatlardan bittasini tanlab olishni amalga oshirishdagi vaziyat.
    ALTIN (tatar, alti olti) — qadimgi rus pul-hisob birligi. XVII asrda Moskva knyazligida muomalada bo‘lgan oltita kumush tangaga teng tanga altin deb atalgan.
    ALYANS (fr.) — 1. Shartnoma majburiyatlari asosidagi ittifoq birlashma (davlatlar, tashkilotlar); 2. Nikoh birligi (mezalyans) — teng bo‘lmagan nikoh, past ijtimoiy tabaqadan bo‘lgan shaxs bilan nikoh.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.