|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 50/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ANTIDEMPING QOIDALARI — yangi proteksionizmga tegishli qoidalar. Mamlakat o‘z tovarlarini tannarxidan past yoki demping bahoda sotadi deganda nimani tushunish lozim? Birinchidan, tovar egasi bo‘lgan mamlakat o‘zining eksport tovarlarini chet el bozorlarida mamlakat ichki bozoriga nisbatan arzon sotadi, ikkinchidan, tovarlarni realizatsiya qilish ularni ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzonga tushadi. AQShning ayrim qonunlari mazmuniga ko‘ra, mamlakat bozorlari import tovarlarini demping bahosi bo‘yicha sotishda raqobatga duch kelsa, ular yangi ta`rif kiritilishini talab qilishlari mumkin. Masalan: AQShning po‘lat ishlab chiqarish kompaniyasi hokimiyatga shunday holatlardan himoya qilishni so‘rab murojaat qilgan.
ANTIDEMPING QONUN — milliy iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda importni to‘xtatish bo‘yicha davlatning antidemping choralari. Demping bilan rasmiy qonunlashtirilgan kurash-tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim doirasida maxsus antidemping kodeksi tarzida rasmiylashgan. Dempingdagi ayblash soni sezilarli o‘smoqda. Agarda 70-yillarning oxirida ular 100 dan oshiq bo‘lgan bo‘lsa, 80-yillar o‘rtasida 190 ga yetgan. Hammasi bo‘lib 80-yillar oxirida ishni ko‘rish jarayonida qarib 600 protsedura qatnashgan. Tekshirishning antidemping ob’ektiga tushib qolayotgan tovarlar turlari ko‘paymoqda.
ANTIGLOBALIZM – globallashuv jarayonlarning hozirgi kunda namoyon bo‘layotgan ba’zi jihatlariga qarshi yo‘naltirilgan siyosiy harakat.
ANTIINFLYATSIYA SIYOSATI — davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish, pul massasini qisqartirish, narxning o‘rtacha o‘sishini to‘xtatishga yo‘naltirilgan tanlab olgan yo‘li va o‘tkazadigan chora-tadbirlar majmui. Ko‘pincha bu makroiqtisodiy darajada umumiy barqarorlik choralari bilan uyg‘unlashtirilmoqda. Antiinflyatsiya siyosati inflyatsiya maxovigini aylantirishning oldini olish yoki bo‘lmasa tobora o‘sib borayotgan inflyatsiya vaziyati sharoitida olib borilishi mumkin. Bunday holatda har xil ko‘rinishdagi antiinflyatsiya siyosati, ya’ni deflyatsiya siyosati amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda antiinflyatsiya siyosatining asosiy ob’ekti xarajatlar inflyatsiyasi hisoblanadi (baholar — daromadlar — baholar spirali). Shuning uchun antiinflyatsiya siyosati eng avvalo daromadlar va baholar o‘sishini muzlatish yoki cheklash, kreditni qimmatlashtirish orqali ortiqcha ishbilarmonlik aktivligini to‘xtatish yo‘li bilan bajariladi. Faqat ikkinchi navbatda davlat budjetini tartibga solish, davlat xarajatlarini qisqartirilishi ko‘rib chiqiladi. Sobiq Ittifoqda va hozirgi direktiv reja iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida turgan Mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlarida vaziyat boshqacha. Bu yerda asosiy xavf asosan budjet kredit tabiatiga ega bo‘lgan inflyatsiya talabi hisoblanadi. Iqtisodiyotdagi pul massasining aylanib o‘sishi eng avvalo davlat moliya majburiyatlarining ko‘payishi bilan ro‘y bermoqda (tekinga kredit berish, qarzlarni, dotatsiyalarni, moliyaviy imtiyozlarni hisobdan chiqarish). Baho ustidan davlat nazorati inflyatsiyani yashirish holatiga o‘tkazadi, bu esa umumiy taqchillik ajiotajtalab, pulga ishonchsizlik bilan birga sodir bo‘ladi. Bu pul muomalasini shiddat bilan tezlashtiradi va mohiyatiga ko‘ra qimmati bir xil pul massalarini qo‘shimcha haqdan tashqari ko‘paytiradi. Bu vaziyatda jahon moliya uyushmasi va yetuk ittifoq iqtisodchilarining tavsiyaviy strategiyasi bir-biriga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan moliyaviy bozor yetishmaslik sharoitida antiinflyatsiya siyosati eng avvalo davlat budjetini tartibga solish, uning taqchilligini bartaraf qilish, investitsiya, ishlab chiqaruvchilarga dotatsiya berish, harbiy xarajatlar sohasida davlat xarajatlari va moliyaviy majburiyatlarni qisqartirishga tayanishi kerak. Davlat xarajatlari strukturasining o‘zgarishi zarar keltirayotgan korxonalarni budjet va budjetdan tashqari moliyalashni tugatish, har xil nafaqa to‘lashni korrektirovka qilish, pensiya tizimini budjet bilan qo‘llab-quvvatlamaydigan pensiya mablag‘iga o‘tkazish, davlatning barcha noijtimoiy xarajatlarini qa’tiy qisqartirish, taqchil budjetni faqat moliya bozorida davlat majburiyatlarini joylashtirish asosida moliyalashni ko‘zda tutadi.
Kredit sohasida ssuda foizining depozitlar stavkasi bo‘yicha maksimal va ssuda foizi stavkasi bo‘yicha minimal darajasini, boshqa kreditning maksimal hajmini o‘rnatishni, barcha banklar va majburiyatning barcha turlari uchun rezerv talabning yagona normasini kiritishni ko‘zda tutadi. Shuningdek valuta bozori tuziladi, pulning real valuta qiymati o‘rnatiladi. O‘z navbatida bahoni liberalizatsiya qilish, ya’ni yashirin inflyatsiyani tugatish, budjet taqchilligini yalpi milliy mahsulotdan 3 foizdan oshmaslik darajasida qisqartirish, qa’tiy soliq va kredit-pul intizomini ish haqi o‘sishining yoki ish haqi fondining sur’ati uchun yuqori chegara o‘rnatishni ko‘zda tutadi. Tavsiya qilinadigan soliq chora- tadbirlari, ya’ni oborotdan soliqdan soliq olinadigan tovarlar ulgurji bahosining har qanday oshishini chakana narxlar hisobida ko‘zda tutuvchi qo‘shilgan qiymatga soliq solishga o‘tish, shaxsiy yagona daromad solig‘i kiritishga qaratilgan bo‘ladi.
Uzoq muddatli rejada anti inflyatsiya siyosati obdon o‘ylangan strukturaviy va investitsiya siyosati bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak aks holda bunday balanssizliklar inflyatsiya talabini tiklaydi va inflyatsiyaning yangi halqasini tug‘diradi.
|
| |