• ASOSIY FONDLARNI REALIZATSIYA QILISHDAN OLINGAN FOYDA
  • ASOSIY FONDLARNI CHIQIB KETISH KOEFFISIENTI
  • ASOSIY ISH JOYI
  • ASOSIY KAPITAL
  • ASOSIY FONDLARNING ESKIRISH KOEFFISIENTI




    Download 0,64 Mb.
    bet58/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ASOSIY FONDLARNING ESKIRISH KOEFFISIENTI - asosiy fondlarning eskirish summasini (balans aktivining 1-bo‘limi) ularning boshlang‘ich qiymatiga (balans aktivining 1bo‘limi) bo‘linadi.
    ASOSIY FONDLARNI ISHGA YAROQLILIK KOEFFITSIENTI — birdan eskirish koeffitsienti ayriladi.
    ASOSIY FONDLARNI MA’NAVIY ESKIRISHI – jismoniy eskirish darajasidan qat’iy nazar kapitalni qadrsizlanishi natijasida sodir bo‘ladi.
    ASOSIY FONDLARNI REALIZATSIYA QILISHDAN OLINGAN FOYDA — hukumat tomonidan belgilangan tartibda hisoblangan, inflyatsiya indeksiga oshirilgan (ko‘paytirilgan) asosiy fondlarning sotish bahosi va ularning dastlabki yoki qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq.
    ASOSIY FONDLARNI YANGILASH KOEFFISIENTI - yangi kelgan asosiy fondlar summasini asosiy fondlarning yil oxiriga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish kerak.
    ASOSIY FONDLARNI CHIQIB KETISH KOEFFISIENTI - chiqib ketgan asosiy fondlar summasini ularning yil oxiriga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish kerak.
    ASOSIY FONDLARNING JISMONIY ESKIRISHI — 1) mehnat vositalaridan foydalanish jarayonida o‘zlarining iste’mol qiymatlarini yo`qotadi (ularning qiymati esa iste’mol qiymatlarini qay darajada yo‘qotsalar, shu darajada mahsulotga ko‘chadi); 2) asosiy fondlar elementlarining ishlab chiqarish iste’moli va tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol qiymatlarining asta-sekin yo‘qolib borishi.
    ASOSIY ISH JOYI — ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo‘lgan ish joyi.
    ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARI — moddiy ishlab chiqarish sohasida uzoq vaqt mobaynida natural shaklda faoliyat qiladigan va o‘z qiymatini yangidan hosil qilingan mahsulotga asta-sekin o‘tkazib boradigan va bir qancha doiraviy aylanishlarni o‘z ichiga oluvchi mehnat vositalarining yig`indisi. A.i.ch.f. tarkibiga binolar, inshootlar, aloqa qurilmalari, mashina va uskunalar, transport vositalari, mahsuldor chorva mollari va uy hayvonlari, ko‘p yillik daraxtlar va h.k. kiradi.
    ASOSIY KAPITAL – 1) ishlab chiqarish jarayonida bir necha yil ishtirok etuvchi va o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulot xizmatlar qiymatiga qismlar bo‘yicha o‘tkazadigan mehnat vositalari; 2) unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlari davomida qatnashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradigan va ashyoviy buyum shaklini o‘zgartirmaydigan qismi; 3) mehnat vositasi bo‘lib, u mashina, asbob- uskuna, ishlab chiqarish binolari, uskunalari va h.k. o‘z ichiga oladi va o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga qisman-qisman va uzoq muddatda o‘tkazib borish yo‘li bilan qoplaydi. Asosiy kapital jismoniy va ma’naviy eskirib borish xususiyatiga ega; 4) kapitalning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida doiraviy aylanishlarida ko‘p marta qatnashib o‘z qiymatini yangi tovarga bo‘lib-bo‘lib o‘tkazadigan va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydigan qismi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ASOSIY FONDLARNING ESKIRISH KOEFFISIENTI

    Download 0,64 Mb.