|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 59/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALAR — asosiy fondlarni yaratish, takror ishlab chiqarish va sotib olishga sarflangan xarajatlar.
ASOSIY KAPITALGA QO‘YILMALAR – asosiy fondlarni qayta tiklash, rivojlantirish va yangilashga yo‘naltirilgan moddiy xarajatlar.
ASOSIY MA’LUMOTLAR — faol tadqiqot metodlari, masalan, joylarda tadqiqot o‘tkazish, tadqiqotlar va so‘rovnomalar yordamida olingan ma’lumotlar. Ko‘pincha ilgari ma’lum bir maqsadda o‘tkazilgan tadqiqotlarning mavjud natijalari asosida jamg‘arilgan “ikkilamchi ma’lumotlar” bilan birgalikda ishlatiladi.
ASOSIY NOISHLAB CHIQARISH FONDLARI — ijtimoiy mehnat bilan yaratilgan, noishlab chiqarish sohasida uzoq vaqt davomida xizmat qiladigan hamda o‘z qiymatini asta-sekin eskirib borish yo‘li bilan yo‘qotadigan moddiy-ashyoviy boyliklar yig‘indisi. A.i.ch.f. ga uy-joy va kommunal xo‘jaligi, aholi punktlarining tashqi obodonchiligi, fan, ma’orif, san’at, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ma’muriy va jamoat tashkilotlarining asosiy fondlari kiradi.
ASOSIY VOSITALAR - korxonada ko‘p yil foydalaniladigan mehnat qurollari: ya’ni binolar, inshootlar, mashinalar va asbob- uskunalar.
ASOSIY VOSITALAR BILAN TA’MINLANISH - korxonaning biznes- rejasiga yoki o‘tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanish darajasi. ASS (lot. as, assis) — vazni Rim og‘irlik funti (327 g)ga teng bo‘lgan Qadimgi Rim mis tangasi. Ass dastlab yombilar shaklida muomalada bo‘lgan.
ASSIGNATLAR (fr.) — buyuk fransuz revolyutsiyasi davridagi (1789 -1794 yillar) qog‘oz pullar. 1789 yil dekabrida birinchi marta yirik kupyuralarda (10000 livr) 400 mln livr foiz qog‘ozlari sifatida chiqarilgan edi. Ularni ta’minlash uchun esa revolyutsiya tomonidan musodara qilingan qirollik va cherkov mol- mulklari xizmat qilishi zarur edi. Ikkinchi marta (1790 y.) 800 mln livr foizsiz chiqarilgan. A. qonuniy to‘lov vositasi deb e’lon qilingan edi, shu sabab har xil kichik kupyuralarda chiqarila boshlandi va metall tangalarga tenglashtirildi.
|
| |