• ASSORTIMENTNI BOSHQARISH (Product line management)
  • ASSORTIMENT KENGLIGI (ingl. Product line breadth)




    Download 0,64 Mb.
    bet61/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ASSORTIMENT KENGLIGI (ingl. Product line breadth)— bozorda taklif etilayotgan turli mahsulot liniyalari (tovar kategoriyalari)ning muayyan miqdori.
    ASSORTIMENT QISQARTIRILISHI (ingl. Product line reduction) —tovarlar har bir kategoriyasining havola etilayotgan turlari miqdorini qisqartirish yo‘li bilan tovar assortimentini kamaytirish.
    ASSORTIMENTNI BOSHQARISH (Product line management)— bozor kon’yunkturasi va tashkilot (korxona, kompaniya) strategik maqsadlariga muvofiq bir tarzda assortimentni shakllantirish va rivojlantirish.
    ASSOTSIATSIYA – 1) ittifoq, birlashma. Iqtisodiyotda odamlar, korxonalar, tashkilotlarning yagona manfaat yo‘lida ixtiyoriy ittifoqi. Assotsiatsiya yuridik shaxs hisoblanib, foyda olishni mo‘ljallamaydigan jamoat tashkilotidir. Assotsiatsiyaning asosiy vazifasi o‘z a’zolari manfaatlarini huquqiy himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, ularning manfaatlarini davlat va qonunchilik idoralarida taqdim etish, a’zolari uchun maslahat xizmatlarini tashkil etishdan iborat. Ammo, assotsiatsiyalar tashkil etilishi monopoliyaning shakllanishiga, antimonopoliya sohasidagi qonunchilik talabalarining buzilishiga olib kelmasligi lozim. Assotsiatsiyalar faoliyatning moliyaviy manbai bo‘lib a’zolari tomonidan beriladigan badallar, homiylik yordamlari, reklama, noshirlik va boshqa faoliyatlar natijasida olinadigan mablag‘lar hisoblanadi.
    Assotsiatsiyaning boshqaruv idorasi bo‘lib, uning umumiy majlisi, boshqaruvchi, ijroiy direksiyasi hisoblanadi. Assotsiatsiya moliyaviy xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish uchun taftish qo‘mitasi saylanadi, shuningdek mustaqil auditorlik firmasi jalb etiladi; 2) boshqa birlashmalarga kirishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy mustaqil korxonalar, tashkilotlar erkin birlashuvining eng yuksak shakli, o‘zining tarmoq va regional itoatliligini saqlab qoladi. A. fan-texnika, tijorat, ijtimoiy ishlab chiqarish, iqtisodiy va boshqa masalalarni hamkorlikda hal etish uchun shartnoma asosida tashkil etiladi. Qoidaga ko‘ra A. tarkibiga ma’lum hududda joylashgan bir ixtisosga oid tashkilotlar kiradi. A. mulki uning a’zolarining kirish badallari, o‘z faoliyati daromadlari, homiylar badallari, kreditlar va h.k. dan iborat bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, A. ga ta’sischilar kengashi rahbarlik qiladi, u prezident (rais)ni saylaydi, ta’sischilar majlislari o‘rtasidagi davrda prinsipial masalalar yechimini hal etuvchi boshqarma (direksiya)ni tashkil etadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ASSORTIMENT KENGLIGI (ingl. Product line breadth)

    Download 0,64 Mb.