|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 63/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ATOYI MULK YERLAR — Xiva xonligidagi ushbu yerlarda yer solig‘i emas, balki hovli puli olinar edi. Hovli puli tutun puli deb ham atalgan. Hovli puli to‘lovchining mol-mulkiga, u qaysi guruhga kirishiga qarab hisoblangan va shuning uchun ham u daromad solig‘iga o‘xshardi. Atoyi mulkida yashovchi o‘zbek bo‘lmagan yersiz chorikorlar o‘zlarining mulkiy ahvollariga qarab soliq to‘laganlar. Bu yerda yashagan o‘zbeklarga nisbatan esa aholi jon boshi solig‘i solingan. ATRIBUT (ingl. Atribute) — bozorda taklif etilayotgan tovarning xossasi, xarakteristikasi.
ATRIBUTLAR (ingl. attribute) — mahsulot xossalari va uning iste’molchi uchun foydaliligi aynan bitta hodisa emas. Farq shundaki, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi motivlari turlicha bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaricha, sotuv — bosh maqsad bo‘lib, mahsulotlar dizayni bu maqsadga erishuvga imkon beruvchi zarur atributlar va alomatlarga egadir. Boshqa bir tomondan, iste’molchi, odatda, xoh shaxsiy, xoh oilaviy yoki koorporativ foyda bo‘lsin, foydalilikni sotib olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham mahsulot o‘tkazishni rag‘batlantirish uchun ishlab chiqaruvchi iste’molchi oladigan foydaga bor e’tiborini qaratishi va mahsulot atributlari yordamida bu vazifani bajarish harakatida bo‘lishi kerak.
“ATTAC” (Association for the Taxation of Financial Transactions for the Aid of Citizens) – antigloalistlarning tashkiloti.
AUDIT — 1) yillik moliya hisobotini tekshiruvchi va tasdiqlovchi ixtisoslashgan tashkilot (tashqi A.); 2) aksionerlik jamiyatining taftish hay’ati (ichki A.); 3) uning ishonchliligini va moliya hamda xo‘jalik operatsiya qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy aktlariga hamda buxgalteriya hisobi yoki boshqa moliya hisoboti yuritish talablariga mos kelishligi, realligi va to‘liqligini aniqlash maqsadida unga vakolati bo‘lgan auditor shaxslar (auditor firmalar) tomonidan mustaqil ekspertiza va xo‘jalik sub’ektlari moliya hisoboti tahlili. Audit konsaltingni ham (mijozga shartnoma bo‘yicha xizmatlar taklif etish) o‘z ichiga oladi; 3) A. to‘g‘riligi va amaldagi qonunchilikka muvofiq kelishini aniqlash maqsadida turli mulkchilikka va xo‘jalik yuritish shakllariga asoslangan korxonalarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni tekshirish jarayoni.
AUDIT DASTURI – audit ob’ektlari, ularni tekshirishda qo‘llaniladigan va isbotini ta’minlaydigan usullar, auditorning bevosita ishchi hujjati. O‘zining mazmun mohiyatiga ko‘ra auditorlik dasturi audit o‘tkazish uchun uslubiy manba va nazorat vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
AUDIT FANI – maxsus fan sifatida bilimlar tizimidan iborat bo‘lib xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlar faoliyatini baholash va qarorlar qabul qilish xolisona xulosalar berishga qaratilgan. Audit fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro bog‘liqdir: falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, huquqshunoslik, statistika, marketing, menejment, makro-iqtisodiyot, moliya, pul, kredit, banklar, davlat budjeti, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, soliqlar va soliqqa tortish, informatsion texnalogiyalar.
|
| |