• AUDITORLIK ISBOTI
  • AUDITORLIK LITSENZIYASI
  • AUDITORNING MUNOSABATI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet66/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AUDITORLIK HISOBOTI – auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibdan chetga chiqishlar, hisobotlardagi qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga yoki boshqa buyurtmachilarga taqdim etiladigan hujjat.
    AUDITORLIK ISBOTI – yurutuvchi sub’ekt faoliyatini tekshirish jarayonida auditor tomonidan yig‘ilgan axborotlar va ularga asoslanib berilgan baho va xulosa.
    AUDITORLIK KASBI – iqtisodiy faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi kasb bo‘lib, maxsus ruxsatnoma asosida tekshirishlar bilan shug‘ullaniladi. Auditorlik kasbi tadbirkorlikka kiradi.
    AUDITORLIK LITSENZIYASI – vakolatli davlat organi tomonidan auditorlik tashkilotlariga (firmalariga) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan huquqiy hujjat.
    AUDITORNING MALAKAVIY SERTIFIKATI – vakolatli davlat organi tomonidan auditorga ma`lum malakaviy imtihonlar (sinovlar) topshirgandan keyin auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga huquq beradigan hujjat. Auditorlik sertifikati 5 yil muddatga beriladi.
    AUDITORNING MUNOSABATI – auditorning auditorlik tekshiruv bo‘yicha ularning natijalariga xolisona munosabati. Aslida bunday munosabat auditorlik xulosasida o‘z aksini topadi.
    AUDITORLIK NAZORATI – 1) auditorlik tekshiruvchi orqali amalga oshiriladigan nazorat turi. Ushbu nazorat auditorlar tomonidan o‘tkaziladi; 2) A.n.— auditorlik faoliyatini amalga oshirish borasida litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik firmasi tomonidan o‘tkaziladigan mustaqil noidoraviy moliyaviy nazorat. Asosiy vazifasi buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotning haqqoniyligi, to‘liqligi va ishonchligi hamda moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya qilinganligini aniqlashdir. Banklar, sug‘urta tashkilotlari, birjalar, nobudjet va xayriya fondlari, ochiq tipdagi aksionerlik jamiyatlari, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, prokuratura va davlat nazorat organlarining topshirig`iga binoan har qanday korxona va tashkilotlar majburiy ravishda auditorlik nazoratidan o‘tkazilishi kerak. Auditorlik firmalari buxgalteriya hisoboti va soliq hisob- kitoblari, hisob ishlarini yuritish, loyihalarni moliyaviy ekspertiza qilish va h.k.lar bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Ularning bu xizmatlari tegishli to‘lov (haq) asosida amalga oshiriladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.