• AXBOROT IQTISODIYOTI
  • AXBOROT MAHSULOTLAR BOZORI
  • AXBOROT TA’MINOTI
  • AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MARKETING
  • AXBOROT AGENTLIGI; YANGILIKLAR AGENTLIGI (ingl. News agency)




    Download 0,64 Mb.
    bet74/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AXBOROT AGENTLIGI; YANGILIKLAR AGENTLIGI (ingl. News agency) — axborotlar to‘plash, qayta ishlash va gazetalar, jurnallar, radio, televidiniya va hokazolarni ta’minlab turish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot (shartnoma asosida). Axborot agentligi ham davlat tasarrufida, ham xususiy bo‘lishi mumkin.
    AXBOROT IQTISODIYOTI — global axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi tufayli paydo bo‘lgan iqtisodiyotning yangi sektori. O‘z ichiga axborotlashtirish vositalari, axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish va axborot bozorini oladi.
    AXBOROT IZLASH (Information search) — iste’molchi tomonidan u yoki bu tovarni xarid qilish borasida optimal qaror qabul qilish maqsadida axborot izlanishi jarayoni. “Axborot izlash” termini marketingdagi aytib o‘tilgan ma’nosidan tashqari boshqa sohalarda juda keng mazmunda u yoki bu o‘xshash maqsadlarda ham qo‘llanadi.
    AXBOROT MAHSULOTLAR BOZORI – o‘ziga xos bozor bo‘lib, bu yerda oldi-sotdi predmeti sifatida kishilarga axborot yetkazuvchi kitoblar, ro‘znomalar, oynomalar, rasmlar, turli reklamalar va boshqa ko‘pgina ashyolar va faoliyat ko‘rinishlari xizmat qiladi.
    AXBOROT SANOATI — eng zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari (gazeta, jurnal va kitoblardan tortib kompyuter o‘yinlari va tarmoqlarning axborot bilan to‘ldirilishi) asosida turli xil axborot mahsulotga va xizmatlarini keng ko‘lamda ishlab chiqarish. U, muhim farq qiluvchi ikki qismdan iborat: axborot texnikasini (mashinalar va asbob uskunalar) ishlab chiqarish va bevosita axborotni ishlab chiqarish.
    AXBOROT TA’MINOTI – axborot tizimlari ichida mashina axborot bazasini yaratish, tasniflash va kodlashtirish tizimlari, hujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan tizimlari, hujjat aylanmasi va hujjatlarni shakllantirishni ratsional holga keltirishni o‘z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir.
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MARKETING — ijtimoiy hayotning barcha sohalari, shu jumladan, bozor sohasi uchun axborotlarni yaratish, to‘plash, uzatish, saqlash, qayta ishlash maqsadida hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanish. Axborot texnologiyalari va marketingdan foydalanish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor sohasidagi faoliyatiga ko‘p tomonlama va tobora chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot texnologiyalari va marketing ta’siri ostida firma ichidagi va firmalar o‘rtasida oraliq funksiyalarni tutashtirish uchun imkoniyat yaratilmoqda. Binobarin, telemarketing va “kompyuterdan kompyuterga” buyurtmalar tizimi vositachi savdo bo‘g‘inini bartaraf etgandi. Umum foydalanishda bo‘lib turgan terminallarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan xaridorlar sotuvda mavjud bo‘lgan tovarlarga buyurtmalar beradilar va elektron kuponlar oladilar. Xorijiy xaridorlar ayrim guruhlari tomonidan buyurtmalarni rag‘batlantiruvchi savdo dasturlarini amalga oshirganda aloqa kabelli kanallaridan tobora keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Ayrim tizimlar insonga sayohatlar byurosi agentiga yoki brokerga murojaat qilmasdan turib, o‘z sayohatini o‘zi tashkillashtirishga yoxud birjada “o‘yin” olib borishga ham imkon beradi. Axborot texnologiyalari va marketing xo‘jalik yuritish faoliyatining bunaqangi radikal vositasiga aylanib ketishiga asosiy sabab esa, ularning jiddiy va sezilarli afzalliklari va ustunliklaridir. Ana shu afzalliklardan birinchisi — axborotlarning yanada keng miqyosda tarqalishi uchun imkoniyat havola etilishidir. Odamlarning katta miqdori raqamli tarmoqlarga ulab qo‘yilishi va telemarketing, teleta’lim, teleyetkazuv va boshqa shu singari televizion xizmatlarning yangi turlaridan foydalanishi mumkin. Boshqa bir afzallik esa — foydalanishning nihoyatda oddiyligidir. Individual talabnomalar va ehtiyojlarga muvofiq tarzda axborotlarni tanlab oladigan va shakllarga soladigan dasturiy ta’minot takomillashib borgani sayin terminallardan foydalanish o‘ta oddiy bir vazifaga aylanib bormoqda. Shunday bo‘lsada, eng muhim afzallik — narxlar pasayishi bo‘lib, bu narsa axborot texnologiyalari va marketingga xarajatlar an’anaviy metodlardan foydalanilganiga qaraganda sezilarli darajada kam bo‘lishi tufayli ro‘y beradi. Axborot texnologiyalari va marketing mahsulot yetkazib beruvchi va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga ham ta’sir o‘tkazadi. Ko‘p hollarda vositachilik bo‘g‘ini (brokerlar, distribyutorlar, agentlar) ortiqcha bir narsa sanaladi. Yirik ulgurji firmalar tovarlar realizatsiyasi silsilasimon tarmoqdan uzilib ajralib qolishdan himoyalanish yo‘sinida o‘z mahsulot sotish va o‘tkazish faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqarish va sotish faoliyati ma’lumotlarini ayirboshlash elektron tizimlarini barpo etmoqdalar. Hali aytib o‘tilganidek, axborot texnologiyalari va marketing ta’siri ostida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ham o‘zgardi. Axborot texnologiyalari va marketingdan keng foydalanilishi tovarlar taqsimlanishi va ular sotilishi tuzilmasini radikal — tubdan qayta qurishni amalga oshirishga imkon beruvchi integral bozor xizmatlari konsepsiyasini ro‘yobga chiqarishni iloji bo‘lgan bir narsa aylantirdi (integrated market servicas — IMS). IMS — iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro hamkorligi va ta’sirini yagona tizimda bog‘lovchi bir tarmoq bo‘lib, mohiyat e’tibori bilan olganda, xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi vositachilikning yangi bir shakli sanaladi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida IMSdan foydalanuvchi mahsulot yetkazib beruvchilar 1980-yillarning o‘rtalariga kelib bir yilda 50 milliard AQSh dollaridan ko‘proq qiymatiga ega bo‘lgan bitimlar tuzgandilar (keyinchalik har yili 16-20 % ga qo‘shimcha o‘sib bordi). Umuman olganda, IMS istiqbolda eng yangi axborot texnologiyalari va marketing berishi mumkin bo‘lgan afzalliklar va ustunliklarni ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi, ya’ni: tovarlar sotib olish, o‘z moliyaviy ishlarini yuritish, ishbilarmonlik va shaxsiy aloqalarni saqlab turish, ishlash va ta’lim olish, tabiiyki,bularning hamma- hammasi tegishli interaktiv qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Axborot texnologiyalari va marketing xorijlik iste’molchilari ularning keng tarqalishini muvaffaqiyat qozonishining ikkita o‘ta muhim omiliga bog‘laydilar. Ulardan birinchisi — iste’molchilar ehtiyojlari va talabnomalarini yanada to‘liq hisobga olishga, xarajatlar o‘zini- o‘zi qoplashiga va daromadlar yanada oshishiga olib keladigan maqsadli bozorlarga nisbatan mahsulotlarning toifalantirilishdir. Ikkinchi omil esa — yanada yuqori foyda olish va yanada moslashuvchan narx siyosatini yuritish imkoniyatini ta’minlaydigan mehnat unumdorligi o‘sishi, ishlab chiqarish xarajatlari kamroq bo‘lishidir. Bu holat yer yuzida reallikka aylandi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AXBOROT AGENTLIGI; YANGILIKLAR AGENTLIGI (ingl. News agency)

    Download 0,64 Mb.