• AVTARKIYA (grek. autarkeia o‘z- o‘ziga yetarli)
  • AVTOBUS YONBOSHI: AVTOBUSNING YONBOSH DEVORLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet72/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AVLOD (ingl. Generation) — davomiyligi 25 yilga teng bo‘lgan vaqtda yashagan yoshi bir-biriga yaqin bo‘lgan kishilar guruhi.
    AVJ PALLA — marketingda kishilarning eng ko‘p adadi tele va radio eshittirishlarni ko‘radigan (tinglaydigan) tele va radio reklamalarni joylashtirish uchun eng foydali (eng qimmat) vaqt.
    AVTARKIYA (grek. autarkeia o‘z- o‘ziga yetarli) - 1) bu o‘zini o‘zi mahsulotlar bilan ta’minlab, boshqalar bilan kamdan kam aloqaga kirishishdir. Asosan natural xo‘jalikka xosdir; 2) odatda, ma’lum mamlakat doirasidagi alohida xo‘jalik. Avtarkizm sharoitida mamlakat yo boshqa mamlakatlar bilan aloqa qilmaydi, yoki bu aloqalar o‘ta chegaralangan bo‘ladi; 3) mahdud, berk va o‘zini-o‘zi ta’minlovchi iqtisodiyotni barpo etish maqsadida boshqa mamlakatlar iqtisodiyotlaridan mamlakatning xo‘jalik yuritishda alohidalashuvi siyosati. Avtarkiyaning asosiy vositalari: olib kelinayotganda tovarlarga yuqori cheklovchi poshlinalar belgilanishi, iste’molbop tovarlar narxi oshirilishi, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishga to‘siqlar yaratilishidir. Avtarkiya amalda mamlakatda natural xo‘jalik yuritilishini anglatadi va muqarrar ravishda mamlakat o‘zini o‘zi yakkalab qo‘yishi va ananaviy tashqi iqtisodiy aloqalar boy berib qo‘yilishi yoxud barham topishini anglatadi. Avtarkiya mohiyatan marketingga zid bir hodisa bo‘lsada ayrim mamlakatlarda, masalan, XX asr davomida harbiy diktatura hukm surgan Argentina, Chili va Liviyada keyinchalik iqtisodiy rivojlanishga zamin hozirlab berdi.
    AVTOBUS YONBOSHI: AVTOBUSNING YONBOSH DEVORLARI — avtobusning yonbosh devorlarida joylashgan gorizontal reklama maydonchalari bo‘lib, odatda, derazalar chizig‘idan pastda yoki derazalar oralig‘idagi sath yuzasidir. AVTOKRATIK RAHBAR (grek.) – ijrochilarga o‘z xohishini majburan qabul qildirmoq uchun yetarlicha hokimiyat ko‘lamiga ega bo‘lgan rahbar.
    AVTOKRATIYA (grek.) – hokimiyatni bir qo‘lda jamlashga asoslangan holda iqtisodiyotni yoki korxonani boshqarish usuli.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.