• BALANSDAN TASHQARI HISOBLAR
  • BALANSNI LIKVIDLIGI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet80/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BALANS HISOBOTI — ma’lum vaqtdagi kompaniya tabiati va aktivlari miqdori, uning majburiyatlari va kapitalini ifodalovchi qisqa moliyaviy hisobot.
    BALANS QIYMATI — kompaniya tasarrufida bo‘lgan va uning buxgalteriya hisobida aks ettirilgan aktivlar qiymati. Bu ko‘rsatkich bozor qiymatidan farq qiladi.
    BALANSDAN TASHQARI HISOBLAR – 1) bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarni bori va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan hisoblar. Bu hisoblar boshqa hisoblar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi; 2) mol- mulkning hisobi hamda banklarning aktivlari va passivlariga tegishli bo‘lmagan hujjatlar va topshiriqlar uchun foydalanadigan hisob. B.t.s.da pul biletlari fondi rezervlari va tangalar, qarzga ssuda oluvchilarning muddatli majburiyatlari, bank tomonidan inkassaga qabul qilingan hisob-kitob hujjatlari, yo‘lda hisob-kitob hujjatlari evaziga kredit bilan ta’minlash, jiddiy hisobot blankalari, muomalaga qog‘oz pullar chiqarishga ruxsat berish, to‘lash uchun akkreditivlar va h.k. hisobga olinadi. B.t.s. bank balansida balans hisoblari bo‘yicha yakundan keyin joylashtiriladi. Bular bo‘yicha quyidagi hisoblar olib boriladi: kirim, xarajat, qoldiq.
    BALANSNI LIKVIDLIGI - balansdagi likvid bo‘lgan mablag‘larning majburiyatlarni qoplash darajasi tushuniladi. BANDEROL (fr.) — aksiz yoki bojni to‘lash belgisi sifatida tovarga qo‘yilgan tamg‘a.
    BANDEROLLASH (ingl. Bonding) — mamlakatdan tashqariga olib ketish boji ham to‘lanmagan import tovarlarni bojxona omborlarida javobgarlikni zimmaga olgan holda saqlash. Tovarlar bojlar to‘languniga qadar ushlab turiladi.
    BANDLIK – 1) mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.
    BANK – 1) qonunlarda nazarda tutilgan bank faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tijorat tashkiloti. Bank yuridik shaxs hisoblanib, o‘z mulkiga, o‘z nomidan mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlarga ega va bu huquqlarni bevosita o‘zi amalga oshira oladi, shuningdek sud jarayonlarida da’vogar va javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin.
    Bank quyidagi faoliyati turlari bilan shug‘ullana oladi: a) yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda bu mablag‘lardan kredit berish yoki investitsiyalar uchun foydalanish; b) to‘lovlarni amalga oshirish; d) yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa turdagi bank va kredit xizmatlarini ko‘rsatish.
    O‘zbekiston Respulikasida bank tashkil etish va banklar faoliyatini yo‘lga qo`yish masalalari O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi; 2) B. – yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini bir joyga to‘plovchi va uzluksiz aylanib turushini ta’minlovchi, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda beruvchi, tomonlar o‘rtasida to‘lov va boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin va chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaruvchi kredit-moliya muassasi. B. pul qo‘yuvchilarga ma’lum foiz to‘lab, qarz olganlardan yuqoriroq foiz stavkasini undiradi va ana shu foizlar o‘rtasidagi farq bank foydasi hisoblanadi; 3) B.bu tijorat tashkiloti bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qilish, olingan mablag‘lardan o‘z tavakkalchiligi va xatari ostida kreditlash yoki investitsiyalash, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan yuridik shaxslardir, yoki boshqacha qilib aytganda, bank bu pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasadir.
    O‘zbekiston Respublikasida ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar qatori, ikki pog‘onali bank tizimi mavjud.
    Birinchisi – boshqa banklar faoliyatini tartibga solib turuvchi hukumatning “bankchisi” vazifasini o‘taydigan va pul muomalasini tartibga solib turuvchi “banklar banki bo‘lgan” Markaziy bank.
    Ikkinchisi – Tijorat banklari – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga kredit hisob-kitob yuritish xizmatlarini ko‘rsatuvchi banklardir. Ular passiv (o‘z shaxsiy resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan), aktiv (resurslarni joylashtirish ope-ratsiyalarini) hamda vositachilik (kredit bilan bog‘liq bo‘lmagan) operatsiyalarni amalga oshiradigan banklardir; 4) B. lar (fr.) — pul mablag‘larini, pul muomalasi va qimmatbaho qog‘ozlarni ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, ayirboshlovchi, nazorat qiluvchi moliya tashkilotlari. Shu bilan bir qatorda shunday banklar, ayniqsa, chet el mamlakatlarida borki, ular operatsiyalarning ayrim turlariga ixtisoslashadilar — depozit, investitsiyaviy, ipoteka, tijorat, savdo, sanoat, g‘oyalar B., rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyalaydigan B. va boshqalar. Barcha B. jami bank tizimini tashkil etadi. Mulk shakliga bog‘liq holda davlat, aksioner, kooperativ, munitsipal, aralash va xalqaro B. farqlanadi.
    B.-“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tasdiqlanadigan va o‘z faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxs. Banklar o‘rtasidagi munosabatlar depozitlar, kreditlar va nizomlarda ko‘zda tutilgan boshqa operatsiyalar shaklida shartnoma asosida pul mablag‘lari jalb etiladi va birov-biroviga joylashtiriladi. Banklarga bank operatsiyalari bozorini monopollashtirishga, bank ishida raqobatni cheklashga qaratilgan kelishuvlarga erishish uchun o‘z ittifoqchilari, assotsiatsiyalar va boshqa birlashmalardan foydalanishni taqiqlaydi.
    Mijozlar bilan munosabatlarida (shartnoma asosida) bank o‘z operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini va komission mukofot miqdorini mustaqil belgilaydi, bank tomonidan o‘rnatilgan va xalqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda hisob-kitoblarni amalga oshiradi, quyidagicha ta’minlash bilan kreditlar beradi: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda mulklarni garovlash, kafolatlar, kafilliklar, majburiyatlar va boshqa shakllar; majburiyatini bajarmagan qarzdorni, to‘lovga qudrati yo‘qlarni (bankrotik) matbuotda tegishli xabarni bosish bilan ma’lum qilishi mumkin; operatsiyalar hisoblar va omonatlar bo‘yicha o‘z mijozlari va muxlislari sirini kafolatlaydi; yuridik shaxslarning operatsiya va hisoblari bo‘yicha ma’lumotnomalar beradi: mijozlarning o‘ziga (tashkilotlarga), ularning yuqori tashkilotlariga, sudlarga, tergov organlariga, arbitraj organlariga, auditor tashkilotlariga, moliya organlariga (soliq akti masalalari bo‘yicha). Mijozlar kredit hisob-kitob xizmatlari uchun banklarni mustaqil tanlaydi; 5) B. moliyaviy korxona bo‘lib, vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul mablag‘lari (omonatlar)ni o‘zida saqlaydi, iqtisodiyot ob’ektlariga kredit (zayom, ssuda)lar beradi, korxonalar, muassasalar yoki alohida shaxslar bilan o‘zaro to‘lovlar va hisob-kitoblarda vositachilik qiladi, mamlakatda pul muomalasini tartibga solib boshqaradi; 6) B. kredit munosabatlariga xizmat qilib, kredit tizimining negizini tashkil qiluvchi maxsus muassasalar; 7) B. italyancha “sarroflik do‘koni” degani bo‘lib, pullarni muomalaga chiqarish, ular muomalasini tashkil etish, pul resurslarini jamg‘arish, qarzga berish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanuvchi maxsus muassasa.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.