|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 76/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AYIRBOSHLASH SHARTNOMASI — hunarmandlar, dehqonlar, chorvadorlar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarda keng qo‘llaniladi. Ayirboshlash savdogarlar tomonidan ham qo‘llaniladi. Ular qishloq va ovullarga turli tovarlar olib borib, ularni qishloq xo‘jalik va chorva mahsulotlariga ayirboshlash bilan shug‘ullanadi.
AYLANUVCHANLIK – bu qimmatli qog‘ozlarning bozorda xarid qilinishiga va sotilishga, shuningdek, ko‘pchilik hollarda boshqa tovarning aylanishini osonlashtiruvchi mustaqil to‘lov vositasi sifatida qo‘llanishga qodirligidir.
AYLANMA AKTIVLAR — birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning buxgalteriya balansi aktivida aks ettiriluvchi me’yorlashtirilgan va me’yorlashtirilmagan aylanma mablag‘lar. AYLANMA FONDLAR – har bir ishlab chiqarish siklida to‘liq iste‘mol qilinadigan xalq xo‘jaligi korxonalari ishlab chiqarish fondlarining bir qismi. A.f. ishlab chiqarish jarayonida o‘z natural shaklini o‘zgartiradi, o‘z qiymatini yangi mehnat mahsulotiga to‘liq o‘tkazadi va to‘liq mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga kiradi. A.f. mehnat buyumlaridan – ishlab chiqarish zahiralaridan (xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, yarim fabrikatlar va h.k.) va tugallanmagan mahsulotdan (o‘zi tayyorlangan yarim fabrikatlar va keyin davr sarflari) iborat. Tugallanmagan mahsulot qiymatiga ushbu mahsulotni chiqarishga ketgan ishchi va xizmatchilarning haqi ham kiradi.
AYLANMA KAPITAL – 1) xom-ashyo materiallar, energetika resurslarida moddiylashgan va bir ishlab chiqarish siklida sarflanuvchi, o‘z qiymatini tayyorlangan mahsulotga to‘liq ko‘chiruvchi kapital; 2) ishlab chiqarishdagi kapitalning bir qismi. Aylanma kapitalga xom-ashyo, yoqilg‘i, yordamchi material, ish kuchi va h. k. kiradi. U o‘z qiymatini yangidan hosil qilingan tovarga to‘liq o‘tkazadi. Aylanma kapitalning tarkibiga kirgan ish kuchining xususiyati shundan iboratki, u o‘z qiymatini mahsulotga o‘tkazibgina qolmay, yangi qiymat ham yaratadi; 3) A.k. kapitalning doiraviy aylanishida bir marta qatnashib o‘z qiymatini yangi tovarga to‘la o‘tkazadigan qismi.
|
| |