|
BANK KAPITALINING YETARLILIK DARAJASI
|
bet | 84/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BANK KAPITALINING YETARLILIK DARAJASI – bu jami kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati bo‘lib, u xalqaro Bazel kelishuviga ko‘ra kamida 8% ni tashkil etishi kerak. BANK-KORRESPONDENT (fr.) — ishbilarmonlikda boshqa banklar bilan munosabatda bo‘luvchi va ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha ma’lum moliya operatsiyalarini bajaruvchi bank. BANK KREDITI – 1) bank tomonidan muddatli, qaytarish sharti bilan, muayyan haq evaziga beriladigan qarz. Bank krediti belgilangan muddat tugashi bilan qaytarilishi va mijoz kreditdan foydalanganligi uchun tegishli haq to‘lashi shart. Bank krediti berilish shartlari bank bilan uning mijozi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
Bank kreditini olishdan avval mijoz o‘zining to‘lovga qodirligini isbotlashi, kreditning qaytarilishini ta’minlay oladigan mol – mulklarini garovga qo‘yishi va boshqa ba’zi shartlarni bajarishi lozim. Lizing shartnomasi, sug‘urta tashkilotlari beradigan kafolatlar asosida ham bank krediti berishga yo‘l qo‘yiladi; 2) pul mablag‘lari banklarga vaqtinchalik foydalanish uchun beriladigan kredit shakli. Kredit operatsiyalarini qator belgilar bo‘yicha turkumlash mumkin: 1) ta’minlashga bog‘liq holda ta’minlanmaydigan va ta’minlanadigan ssudalar; ta’minlanadigan ssudalar vekselli (sotib olish shaklida yoki garovga beriladigan veksellar) tovarga, fondaviyga (qimmatbaho qog‘ozlar) bo‘linadi; 2) qoplanish muddati bo‘yicha — onkolli (qarzdor yoki bank talabi bo‘yicha qoplanadigan), qisqa muddatli (1 yilgacha), o‘rta muddatli (1 yildan 5 yilgacha) va uzoq muddatli (5 yildan oshiq); 3) qoplanish xarakteri bo‘yicha — bir martalik badallar bilan qoplanadigan va bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan (kechiktirilgan muddatda); 4) foizlarni undirish metodi bo‘yicha — foiz ssudalar berilgan vaqtda tutib qolinadi (veksellar hisobida, iste’mol ssudalari berilganda), kredit qoplangan paytda yoki bir maromdagi badallar bilan kredit muddatining butun davomida; 5) kreditning iqtisodiy mazmuni va maqsadini ifodalovchi qarzdorlar kategoriyalari bo‘yicha ssudaning 5 turi farq qiladi: takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan oborot kapitalning vaqtinchalik kamchiligini to‘ldirish, asosiy kapitalga mablag‘ solish, ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalar sotib olish va h.k. uchun korxonalarga tijorat ssudalar berish; fond birjasi vositachiligida ssudalar qimmatbaho qog‘ozlarni ta’minlashga beriladi va birja chayqovchiligi uchun foydalaniladi; yirik kapital xarajatlarni qoplash uchun qishloq xo‘jaligiga ipoteka ssudalari beriladi, bular hosilni realizatsiya qilganda qoplanadi; iste’mol mollarini kreditlash, uy-joy qurilishlarini garovga qo‘yish, iste’mol tovarlarini kechikib qoplash orqali sotib olish bilan amalga oshiriladi; bir martalik qoplash bilan ssudalar va h.k.; 6) banklar va boshqa kredit tashkilotlari pulni uning sohiblariga foiz to‘lash sharti bilan o‘z qo‘lida jamlaydilar va o‘z nomidan qarzga berib, foiz oladilar; 7) pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) beriluvchi pul ssudalari.
BANK KLIRINGI – banklarning o‘zaro talabnoma va majburiyatlarni hisobga olish asosida mahsulotlar, qimmatli qog‘ozlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimi.
|
| |