• BANK - DEPOZITARIY
  • BANK DISKONTI
  • BANK FOYDASI (marja)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet82/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BANK DEPOZITI — shaxsiy jamg‘armalarni saqlashning hamma uchun mumkin bo‘lgan oddiy shakli.
    BANK DEPOZITLARI – 1) jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo‘yilgan bo‘sh pul mablag‘lari; 2) bankdan yo oldindan bankka to‘langan ekvivalent pul miqdori, yoki boshqa valyuta asosida, yo kredit hisobidan ma’lum pul summasini olish huquqini beruvchi omonatlar.
    BANK - DEPOZITARIY — kaznacheylik foydasiga depozitga pul summalarini qabul qiluvchi vakolatli bank. Qator G‘arbiy Yevropa mamlakatlari B.d. ichida (Angliya, AQSh va h.k.) rezervlarni saqlovchi banklar, davlat fondlarini saqlovchi banklar, hukumat fondlarini saqlovchi banklar ham farq qiladi.
    BANK DISKONTI – bankning veksellarni hisobga olish operatsiyalari uchun belgilagan hisob foizi.
    BANK-EMITENT (ing.) — muomalaga pul belgilari, qimmatbaho qog‘ozlar, to‘lov hisob- kitob hujjatlarini chiqaruvchi bank.
    BANK FILIALI VA SHO‘BA BANKLAR — markaziy bank tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bu to‘laqonli bank muassasalari.
    BANK FOIZ STAVKASI - bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori, qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. B.f.s. o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, bank ssudasi qarzga bo‘lgan muhtojlikka qarab o‘zgartiriladi. B.f.s. miqdori bank va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanib, qarzning qaysi tarzda va qanday shartlarda berilishiga bog‘liq.
    BANK FOYDASI (marja) - banklarda pullarni jamg‘arish uchun mijozlarga to‘laydigan foizlari bilan mijozlardan puldan foydalanganliklari uchun oladigan foizlari o‘rtasidagi tafovut.
    BANK FOYDASI NORMASI — bank sof foydasining bank kapitaliga nisbatining foizlardagi ifodasi.
    BANK GURUHI — yangi chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlarga obuna bo‘lish jarayonida individual moliya javobgarligini qabul qiluvchi, ya’ni emitent baho bilan oldindan kelishuv bo‘yicha ma’lum vaqtda chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlarni o‘z nomiga sotib oluvchi investitsiyaviy dilerlar guruhi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.