|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 85/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BANK MA’LUMOTLARI — berilgan mezonlar va ma’lum tematikaga ko‘ra (mas., savdo statistikasi, tovar baholari va h.k.) ma’lumotlarni saqlash va izlash bo‘yicha foydalanuvchilarga xizmatlar beruvchi maxsus tashkil etilgan tizim. Bank ma’lumotlarini olish kompyuter shoxobchasi, videotekst yoki pochta bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Tijorat ma’lumotlari banki B.m. maxsus shakli hisoblanadi, bu tovarlar va xizmatlar bozori tuzilmasi va holatini xarakterlovchi, tizimlangan, doimo yangilanib turuvchi ko‘rsatkichlar ro‘yxati.
BANK MARKETINGI – bank mijozlari ehtiyojlarini qondirishga hamda bozorni o‘rganib, istiqbolni belgilash asosida foyda olishga qaratilgan bank xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish va kengaytirish majmuaviy tizimi.
BANK-MIJOZ — bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarini saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlar va hisob varaqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.
BANK – MOLIYA AKADEMIYASI – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 2 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Bank – moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq xalqaro andozalarga mos keluvchi yuksak malakali moliya – kredit tizimi kadrlarini tayyorlash, moliya bozorlarini rivoj topshirishga qaratilgan fundamental ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan oliy o‘quv dargohi.
BANK-MOLIYA TIZIMINING BARQARORLIGI – banklarning va boshqa moliya muassasalarining o‘z majburiyatlari yuzasidan talablarga to‘la javob bera olishi. Bu likvidlilik, kapitalning yetarliligi, aktivlar sifati, rentabellik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
BANK MONOPOLIYALARI — bank operatsiyalarini o‘tkazishda hukmronlik qiluvchi va shu asosda yuqori monopol foydani o‘zlashtiruvchi yirik kapitalistik banklar va ularning birlashmalari. Ishlab chiqarishning kontsentratsiyalashuvi muqarrar ravishda bank kapitalining kontsentratsiyalashuvi va markazlashuvini yuzaga keltiradi, bu esa B.m. paydo bo‘lishiga olib keladi.
BANK NAZORATI – davlat idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy qonunlarga, moliya intizomiga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazoratning bir turi. Bozor munosabatlari qaror topishi bilan bank idoralari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat doirasi birmuncha qisqardi. Tijorat banklari tomonidan faqat o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning kassa operatsiyalar haqidagi qoidalarga, valyuta soxasidagi qonunchilikka rioya etilishi nazorat qilinadi. Boshqa masalalarda ular o‘rtasidagi munosabatlar fuqorolik huquqiy me’zonlari doirasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladigan nazorat o‘ziga xos xususiyatga ega. Chunki Markaziy bank davlat boshqaruv idorasi sifatida tijorat banklari tomonidan bank va moliya qonunchiligiga amal qilinishi ustidan, pul muomalasi va valyutani tartibga solishga oid qonun me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi. Markaziy bank qonunlarning buzilishida aybdor bo‘lgan tijorat banklari va boshqa kredit muassasalariga mulkiy sanksiyalar qo‘llashi mumkin. O‘zbekiston Respulikasi Markaziy bankining nazorat sohasidagi funksiyalari va vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan.
|
| |