|
BANK NAZORATI BO‘YICHA BAZEL QO‘MITASI TALABLARI
|
bet | 86/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BANK NAZORATI BO‘YICHA BAZEL QO‘MITASI TALABLARI – bank tizimining barqaror amal qilishi hamda o‘z majburiyatlarini bajara olishini ta’minlash uchun o‘rnatilgan xalqaro me’yorlar majmui bo‘lib, u kapitalning yetarlik darajasini, banklarni nazorat qilish jarayoniga hamda bozor intizomiga qo‘yilgan talablarini ifodalaydi.
BANK OPERATSIYALARI — 1) mablag‘larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar; 2) tijorat yoki depozit banklari tomonidan olib boriladi, passiv, aktiv va vositachilik operatsiyalarini o‘z ichiga oluvchi komission operatsiyalarga bo‘linadi. Tijorat banklari o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan “passiv”ni hosil qiladi. O‘z mablag‘larini hosil qilishning asosiy usullari fond birjasiga mavjud bank aksiyalarni joylashtirish (asosiy va Aksioner kapitalni vujudga keltirish) va foydadan chegirish hisobidan har xil rezervlarni tuzish (rezerv kapital).
Barcha bank resurslarining katta qismi joriy hisob raqamlardan va omonatlardan iborat depozit operatsiyalar hisobidan tashkil etiladi. Joriy hisob raqamlari mijozga xohlagan vaqtda zarur summalarni qo‘yish va olish imkonini beradi. Joriy hisob raqamlariga buyruq berish uchun bank mijozga hisob egasiga chek daftarchasini beradi. Cheklar yordamida mijoz nafaqat hisob-raqamidan zarur summani chiqarish va uni olish, ayni paytda, uchinchi shaxs bilan hisob-kitob qilishi mumkin. Mijoz tomonidan olinadigan foiz qoldiq hajmiga va bankning foiz stavkalariga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim banklar joriy hisob raqamlar bo‘yicha foiz to‘lamaydi, ammo mijozlarga bepul hisob-kitob va boshqa xarakterdagi xizmatlar ko‘rsatadi.
Depozit operatsiyalarining ikkinchi turi omonatlarni qabul qilish. Omonatlar muddatli va muddatsiz bo‘ladi. Muddatli omonat faqat o‘rnatilgan muddat tugagandan keyin, muddatsiz esa xohlagan paytda talab qilinadi. Omonat bo‘yicha bank mijozga muhim hujjat — omonat guvohnomasini beradi, uni ko‘rsatganda bank omonatni egasiga qaytaradi. Omonatlar bo‘yicha joriy hisob raqamlardan farq qilib bank yuqori foiz to‘laydi, ayniqsa, muddatli omonatlarga nisbatan foizi ancha yuqori bo‘ladi.
Mijoz topshiriqlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro xizmatlar ko‘rsatish uchun banklar korrespondent shartnomalari tuzadi va birov- birovlariga korrespondent hisoblari ochadi. Qaytadan hisoblash va qarzni qayta qurish bank tomonidan mablag‘larni jalb etishning boshqa shakllari hisoblanadi. Veksellarni qayta hisoblashda banklar mijozlardan sotib olingan vekselni qaytadan sotadi. Qarzni qayta hisoblash banklarga ta’minlash uchun mijozlardan garovga qo‘yib olingan mol-mulk uchun ssudalar olish imkonini beradi.
Aktiv operatsiyalar — bu jalb qilingan mablag‘larni foydali joylashtirish maqsadida banklar tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalar. Bu guruhda eng muhimlari kredit operatsiyalari hisoblanadi. Kreditlashni amalga oshirish bilan banklar mijozning qarzni to‘lay olish quvvatini o‘rganishga katta ahamiyat beradi. Bank kreditlarini ta’minlashda veksellar, tovarlar va tovar hujjatlari, ehtimolli qog‘ozlar va boshqa mablag‘lar yaqqol ajralib turadi. Yana ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan kredit- blankali kreditlar, tarqalgan blankali kreditlar, kontokorrent hisoblar, avans va overdraft shaklida beriladi. Bu kreditlarni qoidaga ko‘ra, bank bilan uzviy aloqada bo‘lgan, o‘zining barcha bank operatsiyalarini mavjud bank orqali amalga oshiradigan mijozlar oladi; 3) B.o. banklarning pul resurslarini jamg‘arish (passiv operatsiya) va ulardan foydalanish (aktiv operatsiya) borasidagi faoliyatlari.
BANK RESURSLARI — 1) kreditlar va boshqa aktiv operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank tasarrufidagi mavjud mablag‘lar to‘plami. Bankning o‘z va chetdan jalb etiladigan mablag‘lari;2) B.r.— banklar ixtiyorida bo‘lgan va kredit hamda boshqa operatsiyalar uchun ular tomonidan foydalanadigan mablag‘lar jamlanmasi. B.r. tuzilmasi banklarning ixtisoslashuviga (markaziy, tijorat, investitsiyaviy va h.k.) bog‘liq bo‘ladi.
|
| |