|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 88/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BANK TIZIMINING LIKVIDLIGI – bankning o‘z majburiyatlarini vaqtida va so‘zsiz bajara olish imkoniyati.
BANKNING TRAST BO‘LIMI - bankning ishonch asosidagi operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi.
BANK TRATTASI — ko‘rsatish bo‘yicha to‘lanadi; bankning o‘zi tomonidan yoki uning nomidan qo‘yiladi; naqd pul mablag‘lariga tenglashtiriladi va haq to‘lamasdan qaytarilish mumkin emas. Ko‘pincha tashqi savdoda foydalaniladi; “o‘tkazma vekseli” sinonimi.
BANK TO‘LOV KARTOCHKASI (ingl. bank card) — bank tomonidan muomala chiqariladigan va egasiga to‘lovni amalga oshirish yoki pul mablag‘lari olishga, korxona yoki bankka egasini zarur pul mablag‘lariga yoki bankda kredit liniyasiga ega to‘lovchi sifatida identifikatsiyalashga imkon beruvchi kredit yoki debet plastik kartochkasi.
BANK VEKSELI — mamlakat milliy tijorat banki tomonidan xo‘jalik oboroti ishtirokchilari o‘rtasida mamlakat hududida hisob-kitoblarni tezlashtirish uchun chiqariladigan qimmatbaho qog‘oz.
BANK XATARLARI – bankning muayyan moliyaviy operatsiyalarni bajarish natijasida o‘z resurslarining bir qismini yo‘qotishi, kam daromad olishi yoki qo‘shimcha xarajatlar sarflashini tushuniladi.
BANK YOZUVI — veksel egasining vekselning orqa tomonida yangi xo‘jayinning nomi ko‘rsatilmagan, xohlagan shaxsga veksel beruvchidan vekselda ko‘rsatilgan summani undirib olish huquqini beruvchi yozuv.
BANK O‘TKAZMA INKASSASI – bank o‘z mijozining topshirig‘iga ko‘ra jo‘natilgan mahsulotlar va xizmatlar uchun bank o‘tkazmasi asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini haq to‘lovchidan oladi hamda bu mablag‘larni o‘z mijozining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazadi.
BANK O‘TKAZMALARI — yuridik yoki jismoniy shaxslar mijozning topshirig‘iga binoan pul mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha bank operatsiyasi. B.o`. orqali importyorlar avans to‘lovlarini amalga oshiradilar yo tovarni olgandan keyin uning haqini to‘laydilar. To‘lov pul mablag‘larini to‘lovchi hisob raqamidan oluvchi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. B.o`. odatda boshqa xalqaro hisob-kitoblar shakllari tovar importyor tomonidan to‘lanmay qolgan holatda to‘lov eksportyordan olingan tovarlarga buyruq beruvchi hujjatlarga qarshi amalga oshiriladigan bank kafolati bilan uyg‘unlashtiriladi.
BANK CHEKI — tijorat to‘lovlarini (avans, kafolat va boshqa summalarni to‘lash), asosan, notovar xarakteridagi to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. B.ch. pul mablag‘larini bir mamlakatdan boshqa mamlakatga perevod qilishda keng tarqalgan. B.ch. qo‘yish to‘g‘risidagi chek beruvchi bank oldin xabarnoma yuborishi mumkin (avizo). Bunday B.ch. avizo qilingan deb ataladi va to‘lovchi bank tomonidan faqat xabarnomani olgandan keyin to‘lanadi. Hozirgi sharoitda korrespondent banklar B.ch. oldindan xabarnoma yo‘llamasdan o‘zaro to‘lash to‘g‘risida shartnoma qilishni afzal ko‘radilar, chunki bu hisob-kitoblarni tezlashtiradi va soddalashtiradi.
Angliya banklari kreditlashni overdraft shaklida amalga oshiradilar. Bank bilan kelishuv bo‘yicha mijoz joriy hisobdagi qoldiqdan ko‘proq cheklar beradi, ular esa bank tomonidan to‘lanadi.
Aktiv operatsiyalar tarkibiga veksel ssuda va blankali kreditlar berish bo‘yicha operatsiyalardan tashqari bank tomonidan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish ham (investitsiyalar) kiradi.
Tijorat banklari operatsiyalarining uchinchi guruhiga komissionlar kiradi, ya’ni mijozlarning ayrim topshiriqlari ma’lum mukofot uchun bajariladi. Komission operatsiyalarga quyidagilarni kiritish mumkin: vositachilik (perevod, inkasso va akkreditor), kafolatli — aktsept, ishonchli va h.k.
|
| |