|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 87/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BANK RUXSATNOMASI - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki vakolatli banklar beradigan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma, u naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish uchun asos hisoblanadi.
BANK SERTIFIKATI – 1) bu emitent bank tomonidan uning nomiga mijozning pul mablag‘lari qo‘yilgani to‘g‘risida berilgan yozma guvohnoma bo‘lib, u o‘zining egasiga (yoki uning vorisiga) belgilangan muddat o‘tishi bilan bankka qo‘ygan pul summasini va bu qo‘yilgan pul summasi bo‘yicha foiz daromadini olish huquqi borligi to‘g‘risida guvohlik beradi; 2) B.s. bu bankning qisqa muddatli qarz majburiyatidir. Uning qisqa muddatli ekanligi, inflyatsiya sur’atlari bilan ham o‘lchovligi, likvidligi va yuqori daromadligi benifitsiariga, agar u o‘z kapitalligini ko‘paytira olmagan taqdirda hech bo‘lmaganda bu kapitalini dastlabki miqdori darajasida saqlab qolish imkonini beradi.
BANK TIZIMI - 1. Pul aylanishi va kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi, korxonalar xo‘jalik faoliyati ustidan hisob va nazoratni hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari orqali amalga oshiruvchi davlat muassasalari majmui. Bank tizimi quyidagi banklardan iborat bo‘ladi: 1) mamlakatning markaziy banki; 2) tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank; 3) jamg‘arma banki; 4) har xil turdagi tijorat banklari; 5) ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya olgan boshqa kredit muassasalari va h.k.
Banklar har qanday mulk shakli asosida (chet el kapitalini jalb etishni ham qo‘shib) tijorat asosida qonunda ko‘rsatilgan har qanday faoliyatni amalga oshiradi.
Davlat banki hisoblangan Markaziy bank boshqa banklarga nisbatan ustunlikka ega. U oliy kengashga hisobdor, iqtisodiyotda ro‘y berayotgan jarayonlarga o‘z bahosini berish va o‘z tavsiyanomalarini parlamentda ko‘rib chiqish uchun taklif kiritishi mumkin. Unga muomalaga naqd pul chiqarish, ya’ni pul muomalasini tartibga solishda nihoyatda katta huquq berilgan. Bunday tartibga solish tijorat banklarga berilgan kreditlar hajmini o‘zgartirish, qimmatbaho qog‘ozlar sotish va sotib olish, chet el valyutalari, davlat bankida tijorat bank tomonidan joylashtirilgan majburiy rezervlar normalarini o‘zgartirish va real iqtisodiy sharoitlarga muvofiq kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
O‘z navbatida tijorat banklari quyidagicha farq qiladi:
1) Nizom fondining kimga mansubligi va uning tashkiliy usuli bo‘yicha, Aksioner jamiyati, cheklangan mas’uliyatli jamiyat, chet el banklari va boshqalar;
2) Bajariladigan operatsiyalarning turi bo‘yicha: universal va ixtisoslashtirilgan;
3) Hududiy belgilari bo‘yicha: respublika, regional;
4) Tarmoq yo‘nalishi bo‘yicha: sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy infratuzilma uchun.
Markaziy davlat banki ularga kredit berish bilan yordam ko‘rsatmoqda. Tijorat banklari oldiga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri o‘z resurslarining bir qismini markaziy bankda rezerv qilib qo‘yish hisoblanadi. Zahira hisoblarida turgan mablag‘larni tijorat banklarining kredit operatsiyalari uchun foydalanish mumkin emas. Bank axborotlariga erishishni ta’minlash va ishning ahvolini nazorat qilish uchun har xil bank va qarzdorlar uchun maxsus davlat taftish auditor xizmati tuziladi. 2. Bank tizimi — bu mamlakat hududida tarixan shakllangan va qonun bilan mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatish shaklidir.
|
| |