|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 83/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BANK HUJJATLARI — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolati doirasida mamlakat hududida barcha shaxslarning ijro etishi majburiy bo‘lgan hujjatlaridir. Markaziy bank o‘z vakolati doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir. Markaziy bankning normativ hujjatlari, agar hujjatning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Markaziy bankning o‘z vakolati doirasida chiqargan normativ hujjatlari boshqa organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi taqozo etilmaydi. Banklar o‘z faoliyatiga taalluqli qarorlar, ustavlar, yo‘riqnomalar va shunga o‘xshash normativ hujjatlar chiqarishi mumkin.
BANK HUQUQI — markaziy bank, aksiyadorlik, tijorat va xususiy banklarning va ular faoliyatida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohasi. Bank huquqi tarkibini bank sohasiga tegishli fuqarolik huquqi normalari va moliya huquqi normalari tashkil etadi. Shu munosabat bilan bank huquqini faqat moliya huquqi sohasi deb qarash noto‘g‘ri bo‘lardi.
BANK INVESTITSIYALARI — Qoidaga ko‘ra uzoq muddatga solingan bank resurslari, ko‘pgina taraqqiy etgan mamlakatlarda odatda B.i. aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa yuqori daromadli qimmatbaho qog‘ozlar kiradi. Iqtisodiyotga solingan bevosita emas, balki bilvosita bank mablag‘larini bildiradi, ya’ni banklarning investitsiyaviy portfeli shaklidagi fiktiv kapital harakatini ifodalaydi.
BANK KAFILLIGI – 1) bankning o‘z mijoziga kafolati. Bank o‘z mablag‘i hisobidan mijozning ko‘rsatilgan muddatda to‘lanmagan majburiyatlari bo‘yicha hisob-kitob qilish kafilligini oladi. Kafil bank mijozining bo`nak, avansini qaytarish, savdo-sotiq shartnomasini tuzish va shunga o‘xshash shartlarni bajarishi mumkin; 2) Bank kafolati - o‘z mijozi uchun bank kafolatining kafilligi. Kafolat bo‘yicha va o‘z mijozlari hisobidan mijoz tomonidan o‘z muddatida undan olinadigan to‘lovlar to‘lanmay qolgan holatda bank o‘z hisobidan to‘lovni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Odatda bank tomonidan ma’lum ta’minlanish asosida beriladi. Eng ko‘p tarqalgan to‘lov kafolatlari: bank-kafolat kreditor yoki eksportyor oldida qarzdor yoki importyor tomonidan uning kontrakt bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini bajarish uchun javobgarlik vazifasini oladi. Bank kafolat pul shaklida boshqa shartnoma majburiyatlarini bajarishni ta’minlashi mumkin (avansni qaytarish, savdo yoki kontrakt shartlarini bajarish va h.k.).
BANK KAPITALI – 1) bu birinchi navbatda mablag‘larga taalluqli bo‘lib, bank ta’sischilari tomonidan kiritilgan va aksiyadorlar kapitali, zahira va taqsimlanmagan foydadan tarkib topgan; 2) bankir yoki bank Aksionerlari tomonidan bank korxonasiga solingan kapital. B.k. bank resurslarining nisbatan ko‘p bo‘lmagan qismini tashkil etadi. B.k. ahamiyati shundan iboratki, u bank passivining eng ishonchli, tasodifan qaytarib olish xavfiga uchramaydigan moddasini ifodalaydi. Bank Aksionerlarida B.k. aksiyalarni sotish orqali jalb etiladi. Monopolistik kapitalizm sharoitida yirik banklar B.k. kichik aksiyalar egalari aksiyalarni sotib olishni keng jalb etish hisobidan ko‘paytirishga harakat qiladilar. Nizom, obuna va to‘langan B.k. tushunchalari farqlanadi. Nizom B.k. bu bank nazorati davlat organlari tomonidan aksiyalar chiqarishga ruxsat berilgan maksimal summadir. Ammo bank tomonidan aksiyalarga e’lon qilingan obuna summasi nizom kapitali summasiga teng bo‘lishi shart emas, qoidaga ko‘ra kam bo‘ladi. Ba’zan aksiyalarga obuna bo‘linganda bank ta’sischilari obunachilardan o‘tkazilgan aksiyalarning to‘la qiymatini talab qilmaydi. Shunday vaqtda obuna bo‘lingan va to‘langan (ya’ni real o‘tkazilgan) kapital o‘rtasida farq hosil bo‘ladi. Bank balansi kapitallar moddalari bank ifodasidan ajratish hisobidan hosil bo‘lgan rezerv kapitalni ham kiritadi. Bu kapital ko‘zda tutilmagan zararlarni qoplash, Favqulodda yuz beradigan xarajatlar va h.k. uchun foydalaniladi.
|
| |