|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 91/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BANKNOT MUOMALASI — muomala va to‘lov vositasi sifatida markaziy banklar tomonidan chiqarilgan bank biletlarining faoliyat qilishi. Veksel muomalasi bazasi kapitalizmga qadar bo‘lgan formatsiyalarda vujudga kelgan.
BANKO (ital.) — bank qimmatbaho qog‘ozlarni sotish va sotib olishni amalga oshiradigan baho yoki kurs. BANKOMAT - mijozning bankdagi hisob raqami bilan kompyuter tizimi orqali bog‘langan naqd pul beruvchi elektron moslama.
BANKROT – 1) xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi; 2) Bankrot (nem.) - to‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdor.
BANKROT BO‘LISH – xo‘jalik yuritish sub’ektlarining qarzdor sifatidagi qarzlarni va boshqa majburiyatlarining mol-mulkidan oshib ketishi, buning natijasida tovar (ish, xizmatga haq to‘lash yuzasidan kreditorlar talablarini qondira olmay qolishi, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlarni ta’minlashga qodir emasligi. Bankrot bo‘lish bozor iqtisodi va raqobat kurashi sharoitida kuzatiladigan oddiy hol bo‘lib, bu jarayon natijasida “iqtisodiy zaif” korxonalar tabiiy ravishda “o‘yindan” chiqadilar. Bozor munosabatlari sharoitida xaridorlar bo‘lmagan yoki juda qimmat turadigan mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalar bunday mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechishlari, o‘z mahsulotlari narxini pasaytirishlari yoki o‘zlarini noqobil deb e’lon qilishlari va yopilishlari lozim. Buning natijasida bo‘shab qolgan mehnat, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslardan yangi, zamonaviy firmalar, korxona va tashkilotlar tashkil etishda foydalaniladi. Korxonalarni bankrot deb e’lon qilish asoslari, shartlari, tartiblari va oqibatlari O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 maydagi “Bankrotlar to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan.
BANKROTLIK (nem.) — 1) qarzdorning sud tomonidan tan olingan to‘lovga qodir emasligi. Qarzdorning mulkini boshqarish sud qarori bo‘yicha kreditor manfaati uchun amalga oshiriladi. Ixtiyoriy bankrotlik sudga qarzdorning o‘zining bergan arizasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Majburiy bankrotlik esa kreditorlarning sudga murojaat qilishi bilan bog‘liq. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun kreditorlarning holatini yengillatish moddalarini o‘z ichiga oladi. Faoliyat qilish muddati tugagan, obligatsiyalarni sotib olishga qurbi bo‘lmagan korporatsiyalarga oldingi boshqaruvchi rahbarligida yoki vasiy nazorati ostida reorganizatsiya o‘tkazishga, qarzdor hajmi yoki shaklini kamaytirishga ruxsat beriladi. Qarzdorlarga qonun asosida o‘z kreditorlari bilan bitim tuzish va qarzlarni uzishga imkon beriladi; 2) B. korxonalar faoliyatlarining to‘lov qobiliyatlarini yo‘qotganliklari uchun majburiy to‘xtatilishi. U korxonalarning qarz majburiyatlarini to‘lay olmasliklarida ifodalanadi va bunday holatlarda korxona faoliyati to‘xtatilib, uning mol-mulki kreditorlar talablarini qondirish uchun sotib yuboriladi.
|
| |