|
BAQQOLLIK — baqqol do‘koni; bozorda baqqollar do‘koni joylashgan rasta.
BAQQOLLIK MOLLARI
|
bet | 93/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BAQQOLLIK — baqqol do‘koni; bozorda baqqollar do‘koni joylashgan rasta.
BAQQOLLIK MOLLARI — bu termin bilan baqqollik mollari chakana va ulgurji savdosi ifodalanadi. Shuningdek, baqqollik do‘konlarida sotiladigan mahsulotlar katta assortimenti ham mazkur termin bilan ifodalanadi.
BAR – dilerlik bitimlarida 1 mln. funt sterlingga teng mablag‘.
BARABAN (ingl. drum) — uy-ro‘zg‘or oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, makkajo‘xori yoki bug‘doy uni, kakao, shirinliklar yoki tuzni saqlash uchun silindr shaklidagi qadoq. Tepasi ochiq o‘rama-barabanlardan savdo zallarida foydalaniladi. Odatda, ularga tashrif buyuruvchilarni “ispulsiv” xaridlar qilishga undash maqsadida xushmanzara betartiblikda joylashtirilgan uncha katta hajmga ega bo‘lmagan tovarlar solib qo‘yiladi. Bu holda barabanlar “bir uyum tovarlar uchun savat” deb ham ataladi (Buyuk Britaniyada). Katta o‘lchamdagi barabanlardan esa o‘simlik yog‘i singari mahsulotlarni tashish uchun foydalaniladi.
BAROMADLILIK — aktivning o‘z qiymatini vaqt ichida o‘zgartira olish xususiyatidir.
BARQAROR — mustahkam, doimiy, ma’lum darajada mustahkam o‘rnashgan, o‘zgarmaydigan.
BARQAROR IQTISODIY O‘SISH – bu iqtisodiyotning uzoq vaqt davomida yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishidir.
BARQAROR QILISH — qandaydir qimmatliklar qiymatini bir darajada saqlash, masalan, pul belgilari, oltin, tovarlar.
BARQAROR QISHLOQ XO‘JALIGI - Organik o‘g‘itlardan foydalanish, tuproq unumdor qatlamini saqlash, zararkunandalarga qarshi biologik usullarda kurashishga hamda energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalaridan (qazib olinadigan yoqilg‘idan) minimal miqdorda foydalanishga asoslangan dehqonchilik va chorvachilikni yuritish usuli. Qishloq xo‘jaligining bu usuli tuproqlar sifatini pasaytirmaydi, demak tuproq unumdor va haydaladigan holda saqlanadi.
BARQAROR QISHLOQ XO‘JALIK YURITISH AMALIYOTI - Barqaror qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan dehqonchilik, chorvachilik va bog‘dorchilik yuritish usullari.
|
| |