|
BIKI — chet el tijorat axboroti byulleteni.
BIKIK VALUTA
|
bet | 101/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BIKI — chet el tijorat axboroti byulleteni.
BIKIK VALUTA — faqat bir mamlakat doirasida faoliyat qiladigan va boshqa chet el valutalariga ayirboshlanmaydigan milliy valuta. B.v. milliy va chet el valutasini chiqarish va keltirish, sotish, sotib olish va ayirboshlash bo‘yicha har xil cheklashlar va taqiqlashlarni qo‘llaydigan hamda valutani tartibga solishning har xil choralaridan foydalanuvchi mamlakatlar valutalari kiradi.
BILATERAL OLIGOPOLIYA (lot.) — cheklangan yirik sotuvchilar soniga cheklangan yirik sotib oluvchilar soni qarama- qarshi turgan bozordagi vaziyat.
BILL – BROKERLAR (ing.) — fond bozorlarida veksellar hisobi va qayta hisob bo‘yicha bitimlarga vositachi bo‘luvchi veksel maklerlari. Veksel summasidan ma’lum foiz tarzida komission mukofot oladi.
BILATERIZM – xalqaro savdoni ikki davlat o‘rtasida bevosita tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etish.
BILLBORD (ingl. Billboard) — tashqi reklamaning shchit, panel va hokazo shakldagi elementi bo‘lib, unda axborot, tasvirli reklama xabari mavjud bo‘ladi.
BILVOSITA INVESTITSIYA – vositachi moliyaviy tashkilotlar orqali investorlar tomonidan kapital qo‘yilmalarining qo‘yilishi nazarda tutiladi.
BILVOSITA USULLAR – iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.
BILVOSITA XARAJATLAR – ma’muriy- boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob- uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar.
BIMETALIZM (lot.) — tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida ikki nodir metall — oltin va kumush xizmat qilgan pul muomalasi tizimi. Bimetalizm tizimi kapitalistik mamlakatlarda XIX asrning oxirigacha keng tarqalgan edi, keyin esa oltin monometallizmi tizimiga o‘tildi.
“BIR KIRISHDA” HARIDLAR — supermarketlar yoki boshqa yirik chakana savdo korxonalarining bitta savdo zalida haridorga kerakli bo‘lgan hamma narsa taklif etiladigan bo‘limlari tufayli ishlatiladigan bir termin. Bunday terminning o‘ziyoq savdo majmuiga tashrif buyurishdan mijoz nimalarni kutib umid qilishi xususida so‘zlaydi.
|
| |